Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum etilgan sobiq talabalarni oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qishini davom ettirishiga sharoit yaratish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Ozodlikdan mahrum etilgan sobiq talabalarni oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qishini davom ettirishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, mahkumlarning o‘qishini davom ettirish ularning o‘qishini sirtqi ta’lim shakliga tiklash (ko‘chirib tiklash) va internet tarmog‘i orqali masofadan (on-layn) o‘qitishni tashkil etish asosida amalga oshiriladi.
Mahkumlarning o‘qishini tiklash (ko‘chirib tiklash) ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda vakolatli komissiyalar qarorlariga asosan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasasidagi o‘qishini davom ettirish istagini bildirgan mahkumlarning o‘qishini tiklash (ko‘chirib tiklash) to‘g‘risidagi ariza va tegishli hujjatlari (pasport nusxasi, reyting daftarchasidan yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnomadan nusxa) ularning jazoni ijro etish muassasalari ijro joyi va turini inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kecha, Ramazonning 11 kuni (11 mart) Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiligida poytaxtimiz tumanlari bosh imomlari hamda Olmazor tumani imomlari tumanidagi «Islomobod» jome masjidida yig‘ildilar.
Abduqahhor domla dastlab Ramazonda amalga oshirilayotgan saxovat tadbirlari haqida imomlarning so‘zlarini tingladi.
So‘ngra tumandagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron parvarishlanayotgan oilalarga borib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati