Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Mart, 2025   |   12 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:38
Asr
16:40
Shom
18:29
Xufton
19:42
Bismillah
12 Mart, 2025, 12 Ramazon, 1446

Ozodlikdan mahrum etilgan sobiq talabalarga aloqador hukumat qarori qabul qilinadi

16.07.2019   2723   1 min.
Ozodlikdan mahrum etilgan sobiq talabalarga aloqador hukumat qarori qabul qilinadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum etilgan sobiq talabalarni oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qishini davom ettirishiga sharoit yaratish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Ozodlikdan mahrum etilgan sobiq talabalarni oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qishini davom ettirishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, mahkumlarning  o‘qishini davom ettirish ularning o‘qishini sirtqi ta’lim shakliga tiklash (ko‘chirib tiklash) va internet tarmog‘i orqali masofadan (on-layn) o‘qitishni tashkil etish asosida amalga oshiriladi.

 

Mahkumlarning o‘qishini tiklash (ko‘chirib tiklash) ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda vakolatli komissiyalar qarorlariga asosan amalga oshiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasasidagi o‘qishini davom ettirish istagini bildirgan mahkumlarning o‘qishini tiklash (ko‘chirib tiklash) to‘g‘risidagi ariza va tegishli hujjatlari (pasport nusxasi, reyting daftarchasidan yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnomadan nusxa) ularning jazoni ijro etish muassasalari ijro joyi va turini inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rizqning tashvishini qilma!

7.03.2025   3658   1 min.
Rizqning tashvishini qilma!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: Ey odamlar, Allohga taqvo qilinglar va (rizqni) chiroyli suratda talab qilinglar! Zero, biron nafs toki rizqini to‘la olmagunicha o‘lmaydi. Agar u (rizq) kechiksa, bas, Allohga taqvo qilinglar va uni go‘zal tarzda talab qilinglar, halolni olib, haromni tark etinglar!”, dedilar (Ibn Moja rivoyati).

Rizq borasida ko‘p o‘ylash bilan o‘zingni mashg‘ul qilma. Ajal belgilanganidek, rizq ham belgilab qo‘yilgan. Chunki Alloh taolo barcha xalqlarini, mo‘minlarini ham, kofirlarini ham, inslarini ham, jinlarini ham, barcha maxluqotlarini hech bir istisnosiz rizqlarini kafolatlab qo‘ygandir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta rizq bandani ajalidan ham ko‘proq qidiradi”, dedilar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Albatta Alloh taolo rizqlarni tezlashtiradi, kechiktiradi, keng qiladi, tor qiladi. Hikmatini Alloh biluvchiroqdir. “Alloh biladir, siz esa bilmassiz” (Baqara surasi, 216-oyat).