9 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyatidagi Hadis ilmi maktabida bo‘lib o‘tayotgan 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari jarayonlariga tashrif buyurdilar.
Muftiy hazratlari “Hadis va Mustalahul hadis” hamda “Arab tili” fanlaridan ijodiy imtihonlarni kuzatib, ushbu fanlardan eng yuqori ball to‘plagan yoshlar bilan muloqot o‘tkazdilar. Muftiy hazratlari yoshlarning bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar.
Haqiqatan, ushbu ilm dargohida eng qobiyatli va iqtidorli yoshlar kirish imtixonlarida ishtirok etayotganlariga yana bir bor guvoh bo‘lindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Savol: Men begona joyda mehmonxonaga joylashdim. Shoshilib, e’tiborsizlik bilan namozni qiblaga teskari tarafga qarab o‘qib qo‘yibman. O‘qib bo‘lganimdan keyin tushundim, shu namozimni hukmi qanday bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu holatda, siz namozingizni qaytadan o‘qishingiz lozim bo‘ladi. Chunki qibla qaysi tarafdaligini bilmagan odam, shu yerlik qiblani biladigan (musulmon, aqli raso, oshkor gunohlardan tiyilgan) kishidan so‘rab, namoz o‘qishi lozim. Agar shu holatda qiblani biladigan kishi topilmasa, kechasi odamlarning eshigini taqillatib yurmaydi. Balki bor imkoniyatini ishga solib, qiblani topishga harakat qiladi. Qalbi bilan bir tomonni qibla, deb qasd qilib namozini o‘qiydi. Garchi qiblani to‘g‘ri topolmagan bo‘lsa ham, uning namozi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi