Sayt test holatida ishlamoqda!
24 May, 2025   |   26 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
04:57
Peshin
12:25
Asr
17:29
Shom
19:46
Xufton
21:19
Bismillah
24 May, 2025, 26 Zulqa`da, 1446

Omonxonada yangi masjid ochildi!

08.07.2019   6320   2 min.
Omonxonada yangi masjid ochildi!

2019 yil 5 iyul, muborak juma kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Omonxona qishlog‘ida yangi “Shayx Shamsiddin” nomidagi masjidi ochildi. Qishloq aholisining sevinchi cheksiz. Tillari-yu dillari shukronada, duoda. Avvallari masjid uchun 12 km uzoqlikdagi tuman markaziga borishiga to‘g‘ri kelar, marosimlar, to‘y-ma’rakalarda qiyinchilikka duch kelinar edi.  Ko‘p yillik armonlar bugun barham topdi. Endi ularning o‘z masjidlari, imom-xatiblari bor.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov hudud aholisini yangi ro‘yxatdan o‘tgan masjid bilan muborakbod etdilar. Muftiy hazratlarining ezgu tilaklari, duoi xayrlarini  yetkazdilar.

 Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati avvalo insonlarni rozi qilish, ularning og‘irini yengil qilishdir. Aslida XX asr boshlarida qurilgan, biroq o‘tgan davr mobaynida turli sabablar bilan yopib qo‘yilgan ushbu masjidni ochish uchun bir qancha jonkuyar ixlos egalari ko‘p ter to‘kdilar. Barcha zaruriy hujjatlarni tayyorladilar. Masjid binosi hashar yo‘li bilan qayta ta’mirlanib, yangi tahoratxona qurildi. So‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy soxada olib borilayotgan islohotlar samarasining yana bir isboti o‘laroq masjid ochilib, qishloq ahli, ayniqsa, nuroniy keksalarning shodligiga sabab bo‘lmoqda. Zero masjidlardan Alloh taoloning rahmat nurlari taralib turadi. Ibodat, ma’rifat, birodarlik maskani bo‘lib, musulmonlar e’tiqodini mustahkamlashga, axloqining go‘zallashishiga, yomonliklardan uzoqda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Ibrohim domla Inomov masjidda birinchi juma namozini ado etib berdilar. Allohning baytida toat-ibodatlar, solih amallar, Qur’oni karim tilovati Qiyomat qadar davom etishini tiladilar. Shuningdek, tashkiliy ishlarda faollik ko‘rsatgan pok niyatli kishilar haqqiga duolar qildilar.

Shu bilan O‘zbekistondagi masjidlar soni 2060 taga yetdi. Eslatib o‘tamiz, shu yilning o‘zida Toshkent shahrida “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Fayzullaxo‘ja o‘g‘li Murodhoji”, Termiz shahrida “Hakim Termiziy” nomidagi yangi masjidlar ochilgani edi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Malakali imomlarning tajriba almashinuvi: Arnasoyda

21.05.2025   4376   1 min.
Malakali imomlarning tajriba almashinuvi: Arnasoyda



Shu yil 17 may kuni Jizzax viloyatidagi tuman va shahar bosh imom-xatiblarining navbatdagi sayyor qabullari Arnasoy tumanida bo‘lib, unda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari qamrab olindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Jizzax viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Malakali imomlarning tajriba almashinuvi: Arnasoyda Malakali imomlarning tajriba almashinuvi: Arnasoyda
O'zbekiston yangiliklari