Inson hayotda sodir bo‘ladigan zilzila, suv toshqini, bo‘ron kabi turli tabiiy ofatlar oldida ojizdir. Hatto texnologiya hamda ixtirolar rivojlangan bo‘lishiga qaramay, insoniyat tabiiy ofatlardan to‘liq himoyalanib olgani yo‘q. Har bir sodir bo‘layotgan ofatlar bir necha minglab odamlarni hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lmoqda. Muhimi barcha narsa Allohning izni va irodasi bilan bo‘lishini aslo yoddan chiqarmaslik kerak. Shu bois, har qanday holatda Allohning o‘zidan yordam hamda panoh so‘rash lozim. Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bu borada ham o‘z ummatlariga o‘rnak bo‘lib ta’lim berganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuchli shamol bo‘lganda: "Allohumma inni asaluka xoyraha va xoyra ma fiyha va xoyra ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha, va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi!"
"Alloh sendan bu shamolning va shamoldagi yaxshilikni va u bilan yuborgan narsalarning yaxshiligini so‘rayman va shamolning va shamoldagi yomonlikdan va u bilan birga yuborgan narsalaringni yomonligidan panoh so‘rayman", deb duo qilar edilar (Imom Muslim rivoyati).
Shuningdek, ulamolarimiz zilzila, suv toshqini, bo‘ron kabi turli tabiiy ofatlar vaqtida ko‘proq istig‘for, duo, tavba va sadaqa qilishni mustahab hisoblaganlar.
Davron NURMUHAMMAD
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.