Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyun, 2025   |   18 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
14 Iyun, 2025, 18 Zulhijja, 1446

Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Tan olish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!»

03.06.2019   2609   1 min.
Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Tan olish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!»

Ayni chog‘da Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda boshlandi... Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda...

Jumladan, videoselektorda Prezident shunday dedi:

- Kecha Suriyadan kelgan 15 yashar qiz ona bo‘lgan. Qani uning otasi? Qizning ota-onasi qayerda?

Birorta nuroniy yo‘q! Achchiq-achchiq gap aytinglar. Ularni Vatanga obkelishning o‘zi bo‘lgani yo‘q.

Faqat qarsak, qarsak, ura-ura...

Birorta shoir chiqmadi: Uyg‘onaylik endi, deb...

-Uyat bo‘lsa ham aytish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar nima uchun ketgan? Kimni izlab ketgan? Tan olish kerak, biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!

-Men konstitutsiyaga ko‘ra, ularga chora ko‘rishim kerak aslida. Lekin, men unday qilmayman. Chunki, ular o‘zbek, bizning Vatandoshlarimiz!..

-Ularni Vatanga olib kelish azob bo‘ldi. Juda og‘ir bo‘ldi. Biz hammamiz bu holatni chuqur o‘ylashimiz kerak...

 

Manba: https://azon.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Audiolar

Mazhabni inkor etish

13.06.2025   2096   1 min.
Mazhabni inkor etish

Muhammadyunus Ahadxonov,

Chortoq tumani Alixon jome masjidi imom-xatibi

AUDIO