Laylatul Qadr kechasi xotirjam tun bo‘ladi;
odamni lohas qiladigan darajada dim bo‘lmaydi;
etni junjiktiradigan sovuq ham bo‘lmaydi;
oy xuddi charog‘on nur taratib turgandek, yorug‘ bo‘ladi;
Qadr kechasi kiradigan tongda quyosh o‘tkir nurlari bilan chiqmaydi;
erta tongdan mayin shabada esib turadi;
ora-sira bir-ikki tomchi yomg‘ir tomchilab qo‘yadi.
O‘MI Matbuot xizmati
Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot alayhissalom bemorlikdan qiynalayotgan ekanlar.
"Yo Allohning Rasuli, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!" dedim.
"Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganicha qiynalaman", dedilar.
"Sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchun shundaymi?" dedim.
U zot alayhissalom: "Ha shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, Alloh uning sababidan o‘sha bandaning yomonliklarini xuddi daraxt o‘z barglarini to‘kkanidek to‘kadi", dedilar".