Iymonli kishilarning butun borlig‘ini muborak Ramazon oyining shukuhi to‘la qamragan onlar. Masjidlarimizda Allohning muqaddas Kalomi xatm qilinmoqda. Qalblari Qur’onga tashna mo‘minlar jomelarda qoim bo‘lib, ilohiy kalomga some’ bo‘lmoqdalar.
Bugun 24-may, muborak Ramazon oyining mag‘firat dahasi, 19-kunlaridir. Toshkent shahridagi bir necha jome masjidlarda bu kecha Qur’oni Karim xatmonasi ya’ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi.
Bugun 24.05.2019 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Qur’oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi:
Imom-xatib: Sharifov Zokir
Qori: Abduvosiyev Muhammadnosirxon, Buzurukxonov Saida’loxon, Otaxanov Adxamjon
Imom-xatib: Xolmirzayev Elmurod
Qorilar: Matyoqubov Ismoil, A’zamjonov Abdulhafiz, Anvarov Elyorbek
Imom-xatib: Urazimbetov Xudoyor
Qorilar: Tojiddinov Habibulloh, Nematov Sulaymon, Shodiyev Yusuf
Imom-xatib: Rustamov Ergash
Qorilar: Yusupov Nosirxon, Jalolxonov Muzaffarxon
Imom-xatib: Orziyev Hamidulloh
Qori: Xoliqov Mansur, Qambarov Iqboljon
Imom-xatib: Mahkamov Zikrulloh
Qorilar: Tursunov Abbos, Babajanov Otabek, G‘ofurov Rustamjon
Imom-xatib: Boymurodov Quvondiq
Qorilar: Azimboyev Valixon, Zohidxonov Abdulboriyxon
Imom-xatib: Abduqodirov Muhammadrahim
Qorilar: Ruziyev Shahboz, Karimberdiyev G‘ovsiddin, Xusniddinov Ni’matulloh
Imom-xatib: Daminov Mahmud
Qori: Yusupov Inoyatulloh, Maxmudxonov Muxammad Isoxon, Valiyev Abdulaziz
Imom-xatib: Rahimov Abdulloh
Qorilar: Oxunjonov Abdulhay, Qosimov Umar, Nurmamatov Shermuhammad
11. “Yahyo qori” jome masjidi. (Shayxontohur tumani,“Obinazir” mahallasi, Shomahmudov ko‘chasi 50-uy. Tel.:+90 949-25-93)
Imom-xatib: Umurtoyev Dilshodbek
Qorilar: Qosim Abdulloh, To‘laganov Xoji Akbar, Norimov Xusniddin
12. “Munavvar qori” jome masjidi. (Shayxontohur tumani, Ilg‘or mahallasi, Aloqa ko‘chasi 30-uy. Tel.: +998 71 242 01 32, 99.890-25-55)
Imom-xatib: Mullaboyev Abdulqodir
Qorilar: Tashmuxammedov Baxodir, Turg‘unboyev Abdullo, Xakimjonov Muxammad
13. “Hasanboy” jome masjidi. (Yunusobod tumani, Orif Soipov ko‘chasi 10 uy. Tel. :+998 71 224 70 89, +90 920-63-43, +95 194-19-78)
Imom-xatib: Usmonov Abudumannon
Qorilar: Mutalibjonov Muxammadayub, Husanov Qodir
14. “Quddusi sharif”jome masjidi. (Sergeli tumani, Qipchoq ko‘chasi 66-uy. Tel.: +998 71 257 40 66, 90.952-28-87)
Imom-xatib: Mo‘minov No‘mon
Qorilar: Inog‘amov Islom, Hasanov Ulug‘bek
15. “Hazrati Ali” jome masjidi. (Uchtepa tumani, Nazarbek ko‘chasi, 32-uy. 79, 20, 114, 87 avtobuslarning “Chevar” bekati. Tel.:+71 274-71-11, +97 732-48-48)
Imom-xatib: Sharifov Salohiddin
Qorilar: Xamidxo‘jayev Nurmuhammad, Obidov Abbosxon, Izzatillayev Fayzullo
16. “Abdulloh ibn Huzofa”jome masjidi. (Shayxontohur tumani, Eski jar ariq mahallasi, Ko‘ksaroy ko‘chasi 32a-uy. Tel.: +71 218 02 35)
Imom-xatib: Rustamjonov Abdullatif
Qorilar: Jalilov Abbosqori, Ahmadov Habibulloh
Xatmi Qur’ondan keyingi duolar mustajobdir. Ramazonning eng barakotli onlarini qo‘ldan boy bermang, azizlar!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi
Joriy yilning 30 iyun kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Primore o‘lkasiga tashrifi doirasida o‘lka gubernatori O.Kojemyako, xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri K.Sidorenko, qurilish vaziri A.Moskalyov, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri S.Krasitskiy, ta’lim vaziri S.Shamonova, qishloq xo‘jaligi vaziri A.Bronets, sanoat va savdo vaziri S.Kalitin, turizm vaziri N.Naboychenko, shuningdek, Migratsiya siyosati agentligi rahbari M.Sorokin va Rossiya TIVning Vladivostokdagi vakolatxonasi rahbari A.Brovarets bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat migrantlarining ketishdan oldingi tayyorgarligini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda Rossiya o‘quv markazlarini ochish, shuningdek, qo‘shma targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Migratsiya siyosati agentligi rahbariyati bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi.
Shu kuning o‘zida O.Kojemyako ishtirokida Primore o‘lkasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida fuqarolarimizni qiziqtirgan savollarga javob berildi.