Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

Toshkent shahridagi 24 may kunidagi xatmonalar

24.05.2019   2763   6 min.
Toshkent shahridagi 24 may kunidagi xatmonalar

 Iymonli kishilarning butun borlig‘ini muborak Ramazon oyining shukuhi to‘la qamragan onlar. Masjidlarimizda Allohning muqaddas Kalomi xatm qilinmoqda. Qalblari Qur’onga tashna mo‘minlar jomelarda qoim bo‘lib, ilohiy kalomga some’ bo‘lmoqdalar.

Bugun 24-may, muborak Ramazon oyining mag‘firat dahasi, 19-kunlaridir. Toshkent shahridagi bir necha jome masjidlarda bu kecha Qur’oni Karim xatmonasi ya’ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi.

Bugun 24.05.2019 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Qur’oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi:

 

  1. “To‘xtaboy” jome masjidi. (Manzil: Olmazor  tumani, Farobiy ko‘cha, 13-uy. Telefon: +71 244-55-93, +91 132-50-59, 99.482-52-98)

Imom-xatib: Sharifov Zokir

Qori: Abduvosiyev Muhammadnosirxon, Buzurukxonov Saida’loxon, Otaxanov Adxamjon

 

  1. “Ibrohimboy va Orifjonboy” jome masjidi. (Olmazor tumani, «Guzar boshi» mahallasi, Hurriyat ko‘chasi 23-uy. Tel. :+ 90 935-56-38, +97 719-10-30)

Imom-xatib: Xolmirzayev Elmurod

Qorilar: Matyoqubov Ismoil, A’zamjonov Abdulhafiz, Anvarov Elyorbek

 

  1. “Nosirxon”jome masjidi. (Chilonzor tumani, katta Do‘mbirabod mahallasi, Naqqoshlik ko‘chasi, 56-uy. Tel:+71 279 72 54, +97 477-14-62)

Imom-xatib: Urazimbetov Xudoyor

Qorilar: Tojiddinov Habibulloh, Nematov Sulaymon, Shodiyev Yusuf

 

  1. “Sobitxon hoji” jome masjidi. (Chilonzor tumani, H.Qodiriy 3-tor ko‘chasi 19-uy. Tel: +98 367-08-78, +90 316-61-00)

Imom-xatib: Rustamov Ergash

Qorilar: Yusupov Nosirxon, Jalolxonov Muzaffarxon

 

  1. “Qatortol” masjidi. (Manzil: Chilonzor tumani, Mashrab 1-tor ko‘chasi, 2a-uy. Tel. : +71 216-14-18, 90.993-16-68)

Imom-xatib: Orziyev Hamidulloh

Qori: Xoliqov Mansur, Qambarov Iqboljon

 

  1. “Hasanxon qori ” jome masjidi. (Chilonzor tumani, Oqtepa maydoni, Lutfiy ko‘chasi 25a-uy. Tel: +71 278 57 84, +90 937-23-40, 90 904-19-28)

Imom-xatib: Mahkamov Zikrulloh

Qorilar: Tursunov Abbos, Babajanov Otabek, G‘ofurov Rustamjon

 

  1. “Cho‘pon ota”jome masjidi. (Uchtepa tumani, Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasi 13-mavze. Tel.:+998 71 275 25 31, +90 999-42-34, 95.197-94-45)

Imom-xatib: Boymurodov Quvondiq

Qorilar: Azimboyev Valixon, Zohidxonov Abdulboriyxon

 

 

  1. “Dorussalom” jome masjidi. (Shayxontohur tumani, O‘zbekiston mahallasi Qushqo‘ndi ko‘chasi 8-uy. Tel.: +94 644-11-66)

Imom-xatib: Abduqodirov Muhammadrahim

Qorilar: Ruziyev Shahboz, Karimberdiyev G‘ovsiddin, Xusniddinov Ni’matulloh

 

  1. “Imom Hasan” jome masjidi. (Shayxontohur tumani,Ibn Sino 2-mavzesi, “Shodlik” mahallasi, 2a-uy. +998 71 218 63 57, +94 631-11-22)

Imom-xatib: Daminov Mahmud

Qori: Yusupov Inoyatulloh, Maxmudxonov Muxammad Isoxon, Valiyev Abdulaziz

 

  1. “Sulton hoji” jome masjidi. (Shayxontohur tumani, Shofayzi mahallasi, Uchqo‘rg‘on 1-tor ko‘chasi 2-uy. Tel.:+998 90 941-96-64)

Imom-xatib: Rahimov Abdulloh

Qorilar: Oxunjonov Abdulhay, Qosimov Umar, Nurmamatov Shermuhammad

 

 

11. “Yahyo qori” jome masjidi. (Shayxontohur tumani,“Obinazir” mahallasi, Shomahmudov ko‘chasi 50-uy. Tel.:+90 949-25-93)

Imom-xatib: Umurtoyev Dilshodbek

Qorilar: Qosim Abdulloh, To‘laganov Xoji Akbar, Norimov Xusniddin

 

 

12. “Munavvar qori” jome masjidi. (Shayxontohur tumani, Ilg‘or mahallasi, Aloqa ko‘chasi 30-uy. Tel.: +998 71 242 01 32, 99.890-25-55)

Imom-xatib: Mullaboyev Abdulqodir

Qorilar: Tashmuxammedov Baxodir, Turg‘unboyev Abdullo, Xakimjonov Muxammad

 

13. “Hasanboy” jome masjidi. (Yunusobod tumani,  Orif Soipov ko‘chasi 10 uy.  Tel. :+998 71 224 70 89, +90 920-63-43, +95 194-19-78)

Imom-xatib: Usmonov Abudumannon

Qorilar: Mutalibjonov Muxammadayub, Husanov Qodir 

 

14. “Quddusi sharif”jome masjidi. (Sergeli tumani, Qipchoq ko‘chasi 66-uy.  Tel.: +998 71 257 40 66, 90.952-28-87)

Imom-xatib: Mo‘minov No‘mon

Qorilar: Inog‘amov Islom, Hasanov Ulug‘bek

 

15. “Hazrati Ali” jome masjidi. (Uchtepa tumani, Nazarbek ko‘chasi, 32-uy. 79, 20, 114, 87 avtobuslarning “Chevar” bekati.  Tel.:+71 274-71-11, +97 732-48-48)

Imom-xatib: Sharifov Salohiddin

Qorilar: Xamidxo‘jayev Nurmuhammad, Obidov Abbosxon, Izzatillayev Fayzullo

 

16. “Abdulloh ibn Huzofa”jome masjidi. (Shayxontohur tumani, Eski jar ariq mahallasi, Ko‘ksaroy ko‘chasi 32a-uy. Tel.: +71 218 02 35)

Imom-xatib: Rustamjonov Abdullatif

Qorilar: Jalilov Abbosqori, Ahmadov Habibulloh

 

Xatmi Qur’ondan keyingi duolar mustajobdir. Ramazonning eng barakotli onlarini qo‘ldan boy bermang, azizlar!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ummatimga tahdid qilingan narsa keladi

11.07.2025   3844   4 min.
Ummatimga tahdid qilingan narsa keladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنْ أَبِي مُوسَى t قَالَ: صَلَّيْنَا الْمَغْرِبَ مَعَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، ثُمَّ قُلْنَا نَجْلِسُ حَتَّى نُصَلِّيَ الْعِشَاءَ، فَخَرَجَ عَلَيْنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: مَا زِلْتُمْ هَاهُنَا، قُلْنَا: نَعَمْ يَا رَسُولَ اللهِ، قُلْنَا نَجْلِسُ حَتَّى نُصَلِّيَ الْعِشَاءَ، قَالَ: أَحْسَنْتُمْ أَوْ أَصَبْتُمْ، ثُمَّ رَفَعَ رَأْسَهُ إِلَى السَّمَاءِ وَكَانَ كَثِيرًا مَا يَفْعَلُهُ فَقَالَ: النُّجُومُ أَمَنَةٌ لِلسَّمَاءِ فَإِذَا ذَهَبَتِ النُّجُومُ أُتِيَ السَّمَاءَ مَا تُوعَدُ، وَأَنَا أَمَنَةٌ لِأَصْحَابِي فَإِذَا ذَهَبْتُ أُتِيَ أَصْحَابِي مَا يُوعَدُونَ، وَأَصْحَابِي أَمَنَةٌ لِأُمَّتِي فَإِذَا ذَهَبَتْ أَصْحَابِي أُتِيَ أُمَّتِي مَا يُوعَدُونَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Shom namozini o‘qidik. So‘ngra «Xuftonni o‘qigunimizcha o‘tirib turaylik», dedik. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldimizga chiqdilar va:

«Hali ham shu yerdamisizlar?» dedilar.

«Ha, yo Allohning Rasuli. Xuftonni o‘qigunimizcha o‘tirib turaylik, dedik», deb javob berdik.

«Yaxshi qilibsizlar» yoki «To‘g‘ri qilibsizlar», dedilar u zot. So‘ngra boshlarini osmonga ko‘tardilar. Ko‘pincha shunday qilar edilar. Ke­yin u zot:

«Yulduzlar osmon uchun omonlikdir. Qachon yulduzlar ketsa, osmonga unga tahdid qilingan narsa keladi. Men sahobalarim uchun omonlikdirman. Qachon men ketsam, sahobalarimga ularga tahdid qilingan narsa keladi. Sahobalarim ummatim uchun omonlikdirlar. Qachon sahobalarim ketsalar, ummatimga ularga tahdid qilingan narsa keladir», dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning masjidlarida bo‘ladigan suhbatlardan birining mazmuni haqida so‘z ketmoqda. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning masjidlari o‘sha paytdagi Islom jamiyatining qalbi – yuragi ekanligi hammaga ma’lum. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shaxslari musulmonlarga o‘rnak bo‘lganidek, u zotning masjidlari ham o‘zga masjidlarga o‘rnakdir. Islom jamiyatida har bir masjid o‘z qavmidan tashkil topgan kichik jamiyatning tinimsiz urib turgan yuragi bo‘lishi kerak.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam mazkur suhbatda sahobai kiromlarga ajoyib o‘xshatish ila o‘zlarining fazllarini bayon qilib bermoqdalar:

«Yulduzlar osmon uchun omonlikdir».

Yulduzlar osmonda tursalar, osmon omon bo‘ladi. Ular osmonning omonlik ishonchlaridir.

«Qachon yulduzlar ketsa, osmonga unga tahdid qilingan narsa keladi».

Osmonga tahdid qilingan narsa uning nizomining buzilishi va qiyomat qoim bo‘lishidir.

«Men sahobalarim uchun omonlikdirman».

Osmon yulduzlar bilan omon turganidek, sahobai kiromlar ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan tinch-omon yashar ekanlar.

«Qachon men ketsam, sahobalarimga ularga tahdid qilingan narsa keladi».

Sahobai kiromlarga tahdid qilingan narsa ularning oralarida xilof va kelishmovchiliklar kelib chiqishidir.

«Sahobalarim ummatim uchun omonlikdirlar».

Osmon yuduzlar bilan, sahobai kiromlar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan tinch-omon yashaganlaridek, Islom ummati ham sahobai kiromlar bilan tinch yashar ekanlar.

«Qachon sahobalarim ketsalar, ummatimga ularga tahdid qilingan narsa keladir».

Islom ummatiga tahdid qilingan narsa havoi nafsga ergashish va molu dunyoga o‘ch bo‘lish kabi nuqsonlarga mubtalo bo‘lishdir.

Ushbu hadisi sharifdan sahobai kiromlarning fazllari qanchalik ulug‘ ekanligini bilib olishimiz kerak. Ana shunday ulug‘ fazl egalari bo‘lgan zotlarni hurmatlash va ulardan o‘rnak olish musulmon ummatining burchidir.


«Hadis va hayot» kitobining 21-juzidan olindi