Keling ey ro‘zadorlar birga iftotr etaylik,
Behuda so‘zni tashlab shirin guftor etaylik.
O‘ltirib dasturxon atrofida yoronlar,
Shukroni ne’mat aylab, qullik izhor etaylik.
Ro‘zani amr etibdur Islomga Haq Taolo,
Ado etib bu farzni talab diydor etaylik.
Sabr ila bu kechirgan ochlik va tashnalikdan,
Ibrat olib muhtojlar ko‘nglin shukkor etaylik.
Mohi sharif kelganda jurmu xatodin o‘zni,
Saqlab qilib ibodat, tavvob sayyor etaylik.
Ro‘za bilan barobar, nafs yo‘lini berkitib,
Gunoh loyiga botmay elni hushyor etaylik.
Ro‘zaning ajrini xos Tangri o‘zi berarmish,
Damni g‘animat aylib, toatni yor etaylik.
Bir kechani bu oyda pinhon etibdir Subhon,
Istab ani yoronlar o‘zni bedor etaylik.
Fazilati bu kechaning qadri ming oyga tengdir,
Muborak xislatini xo‘p e’tibor etaylik.
Allohning izni birla farishtalar tusharlar,
Alar bilan barobar tasbeh takror etaylik.
Tong otguncha turarlar duo qilib bizlarni
Xushnudni ham qatorda sohib asror etaylik.
Toshkent, 1978 yil
Xushnud domlani arab alifbosidagi ushbu she’rlarini krill alifbosiga Zarifa Mahkam qizi o‘girdi. (Alloh o‘tganlarniO‘z rahmatiga olgan bo‘lsin)
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.