Avval xabar berganimizdek, 8 nafar o‘zbekistonlik qori Rossiya Federatsiyasining 8 o‘lkasida tarovih namozlarida xatmi Qur’on o‘tkazib beryaptilar. Aytish lozimki, mahalliy aholi hamda u joydagi millatdoshlarimiz qorilarmizni alohida ehtirom bilan qarshi olib, tarovih namozlarida ixlosu muhabbat bilan ularga some’ bo‘lmoqdalar.
Joylarda masjid imomlari, diniy idora mutasaddilari o‘zbekistonlik imomlarimizga nafaqat tarovih namozi, balki, bomdod va hufton namozlari, juma namozlarini ham o‘qib berish taklifini bildirishgan. Alloh taoloning fazli ila hofizi Qur’onlar o‘zlarining bilimlari go‘zal qiroat va hifzlari bilan u yerdagi jamoatning ham mehrini qozonmoqdalar.
Fazliddin Mamadaliyev. Chuvashiya Respublikasi, Cheboksari shahrida “Imom Rahimullo” masjidi
Ibrohim Nurmuhammedov. Xanti-Mansiysk okrugidagi Surgut shahridagi“Surgut” markaziy masjidi
Abdulbosit Abdullayev. Moskva viloyatiga qarashli Zvenigorod shahrida “Umma Islamiyya masjidi”
Ilyosxon Shokirov. Chuvashiya Respublikasi, Cheboksari shahrida “Bulg‘or” masjidi
Abdullatif Rustamjonov Chuvashiya Respublikasi, Cheboksari shahrida №8 sonli masjid
Oqiljon Isxoqov Xabarovsk viloyatidagi “Xabarovsk” markaziy masjidi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi