Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Yanvar, 2025   |   23 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:42
Peshin
12:40
Asr
15:47
Shom
17:31
Xufton
18:48
Bismillah
23 Yanvar, 2025, 23 Rajab, 1446

Rossiyaga yana besh nafar qorimiz yetib bordi

7.05.2019   2111   1 min.
Rossiyaga yana besh nafar qorimiz yetib bordi

Avval xabar berganimizdek, o‘zbekistonlik qorilar  Rossiya Federatsiyasining turli o‘lkalarida bo‘lib, muborak oy davomida tarovih namozi va xatmi Qur’onlarda ishtirok etadilar. Bugun 7 may kuni o‘zbekistonlik yana besh nafar qori Moskva shahriga yetib bordilar. Bugunning o‘zida qorilarimiz Moskva shahrida Rossiya musulmonlari jamiyati raisi, muftiy Albert hazrat Krganov qabulida bo‘ldilar. Muftiy hazrat o‘zbekistonlik diniy ulamolar, qorilar ko‘p yillardan buyon Rossiya musulmonlarining ixlosi, e’tirofiga sazovor bo‘lib kelayotgani, diniy idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik samarali natijalar berib borayotganligi haqida so‘zlab berdi. O‘z navbatida qorilarimiz ham o‘zlariga bildirilayotgan ishonchni oqlab, Alloh qodir qilganicha bor bilimlarini berib, musulmonlarga islomiy ma’rifatni yetkazishda astoydil harakat qilishlarini  bildirdilar.

Shundan so‘ng qorilarimiz o‘zlari taqsimot qilingan hududlarga yo‘l oldilar. Jumladan:

  • Toshkent shahar “Said Vaqqos ota” jome masjidi imom noibi Fazliddin Mamadaliyev, “Abdulloh ibn Huzofa” jome masjidi imom-xatibi Abdullatif Rustamjonov, Toshkent viloyati “Abdujalilbob” jome masjidi imom-xatibi Ilyos Shokirovlar Chuvashiya Respublikasi, Cheboksari shahrida;
  • Toshkent shahar “Yahyo qori” jome masjidi imom noibi Abdulbosit Abdullayev Moskva viloyatiga qarashli Zvenigorod shahrida;
  • Toshkent shahar “Tinchlik” jome masjidi imom-xatibi Ibrohim Nurmuhammedov Xanti-Mansiysk okrugidagi Surgut shahridagi masjidlarda tarovih namozlarida xatmi Qur’on o‘tkazib beradigan bo‘lishdi.

Xorijda faoliyatlarini davom ettirayotgan qorilarimiz haqida portalimiz orqali xabar berib boramiz.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Mening qo‘limda turgan, Allohning mulki

20.01.2025   3790   3 min.
Mening qo‘limda turgan, Allohning mulki

Ey insonlar! Allohga va Uning Payg‘ambari Muhammad alayhissalomga iymon keltiringlar hamda U Zot Sizlarni xalifa qilib qo‘ygan narsalardan, ya’ni vaqtincha qo‘llaringizda turgan, erta bir kun sizlar istasangiz-istamasangiz o‘zgalarni qo‘llariga o‘tib ketadigan Alloh bergan mol-davlatdan infoq-ehson qilinglar! Bas, sizlardan iymon keltirgan va infoq-ehson qilgan zotlar uchun katta ajr-mukofot bordir! (Hadid surasi, 7-oyat).

Xalifa deb tarjima qilingan so‘z Qur’onda “mustaxlafiyna” deb keladi. Bu so‘z lug‘atda o‘zini o‘rniga biror kishini o‘rinbosar qilmoq ma’nosida – egasini o‘rniga bir ishni bajaradigan kishiga ishlatiladi. Masalan: Mol-mulk, siz unda mustaxlafsiz, ya’ni u sizni qo‘lingizda omonat, haqiqiy egasi siz emassiz, omonatdor qo‘lsiz xolos! Uni sizga Alloh ko‘rsatgan o‘ringa ishlatishingiz uchungina berilgan!

Bir to‘da tuyasi bor a’robiydan so‘rashdi, bu tuyalar kimniki? A’robiy go‘zal javob berdi: Mening qo‘limda turgan, Allohning mulki! Meni qo‘limda turgan, Allohning mulki! Ya’ni, bu Allohniki! Men uni tasarruf qilishga mas’ulman xolos.

“Mustaxlaf” so‘zini yana ham kengroq tushunsak, mol-mulkda siz mustaxlafsiz. Sihat-salomatlik! Siz unda mustaxlafsiz! Uni o‘zini o‘rnida ishlatishingiz lozim bo‘ladi. Jamiyatda har bir kishini o‘z vazifasi, o‘rni bor. Sizni ham o‘z o‘rningiz, vazifangiz bor. Nochorga yordam berish, kuchsizni himoya qilish ham jamiyat a’zolarini vazifalaridan biri hisoblanadi. Alloh sizga ilm bergan. Siz unda mustaxlafsiz! O‘zini o‘rnida ishlatishga, yaxshi-yomonni eslatishga, halol-haromni bildirishga mas’ulsiz! Allohni oldida javobgarsiz!

Alloh aytadi: “Men yerda Odamni xalifa qilmoqchiman” (Baqara surasi, 30-oyat).

Inson-Alloh uni qo‘liga mol-mulk berib, uni omonatdor qo‘l qilgan Allohni yerdagi xalifasi. Mol-mulk bizniki emas. Aslida bizniki bo‘lmagan narsa qandoq qilib bizniki bo‘lsin. Ya’ni, meni qo‘limdagi mulk meniki emas, uni qo‘lidagi mulk uniki emas, sizni qo‘lingizdagi mulk ham sizniki emas. Biz uni haqiqiy egasi emasmiz. Biz tanovul qilsak tugatamiz, kiysak eskirtamiz va ammo, sadaqa qilganimiznigina o‘zimizga olib qolamiz!

Bir odam Payg‘ambarimiz alayhissalomga bir qo‘yni hammasini tarqatdim faqatgina qo‘li qoldi xolos dedi. Shunda Rasululloh alayhissalom: Yo‘q unday emas, qo‘lidan boshqa hammasini olib qolibsan, dedilar. Ya’ni, sadaqa qilganing oxiratga zaxira bo‘lib o‘zingda qoladi. Olib qolganing tugab tamom bo‘ladi.

Ey birodarim! "Mustaxlaf" so‘zi juda keng ma’noda tushuniladi. Masalan seni moshinang bor, sen unda mustaxlafsan.

Haqiqatda yordamga muhtojlarni hojatlariga uni ishlatsang uni haqqini ado etgan bo‘lasan. Gunoh, ko‘ngilxushi uchun yoki shunchaki aylanib kelish uchun emas, haqiqatda shunga ehtiyoji bor, chorasiz turgan odamga yordam berishga mas’ulsan! Inson unga berilgan har bir nasibada, iqtidorda, ilmda, hunarda, shijoatda, kuch-quvvatda, g‘ayratda barcha barchasida mustaxlafdir. Mol-mulk ne’mat hisoblanmaydi. Uni qay o‘ringa ishlatilishiga qarab turadi.

Agar Alloh rozi bo‘ladigan-toatga, muhtoj-u nochorlarga xayr-saxovatga, o‘zi mas’ul bo‘lganlarni nafaqalariga ishlatilsagina ne’mat hisoblanadi. Unday bo‘lmasa-gunohu ma’siyatga, kayfu-safoga, foydasiz o‘rinlarga ishlatilsa-balo bo‘ladi, ofat bo‘ladi!

Muhammad Rotib Nobulusiy suhbatlaridan
“Qur’on ilmlari” kafedrasi o‘qituvchisi Adham YUSUPOV tarjimasi.