Sharja xayriya fondi Ramazon oyida mamlakatda va butun dunyoda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam ko‘rsatish uchun 41 million dirham ajratdi.
Xayriya fondi bosh kotibi Abdulla Al Duxanning aytishicha, faqat yegulik uchun 3 million dirham ajratilgan bo‘lib, ular 3000 oilaga tarqatiladi. islam.ru xabariga ko‘ra, 147 ta palatkalarda yegulik butun amirlik bo‘yicha, 200 000 oziq-ovqat to‘plamlari dunyoning 56 mamlakatida tarqatiladi.
Shuningdek 15 million dirham ehtiyojmand fuqarolarga ehson sifatida tarqatiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#xabar #haj2025
Shu yil 12 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiliklaridagi hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon ona diyorimizga yetib keldilar.
Nurli yuzi, quvnoq ko‘zida Vatan sog‘inchi namoyon bo‘lgan hojilar jamoasini taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida ehtirom ila kutib olishdi.
Hojilarimiz muborak zaminda Haq taoloning farzi – Haj amalini chiroyli ado etib, sog‘u salomat o‘z yurtiga yetib kelganlari va yaqinlari diydoriga yetishganlari uchun shukronalar aytish barobarida el-yurt haqqiga xayrli duolar qilishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati