Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
*****
Agar Alloh taolo sen uchun bir ishning ro‘yobga chiqishini iroda qilsa, uning sabablarini senga tayyorlab qo‘yadi. Sen chin qalbdan “Ey Robbim!” deb duo qilgin!
“Fikr durdonalari”
*****
Omonlik bir satrda:
“Albatta, Alloh O‘ziga iltijo qilgan, yordam so‘ragan, panoh so‘ragan qalbni yordamsiz qoldirmaydi!”
*****
Aybimni hech kim yo‘q joyda yuzimga aytgan insondan Alloh rozi bo‘lsin!
*****
Shoshilish kerak bo‘lgan o‘rinlar:
*****
- Nutfadan yaratilganmiz.
- Aslimiz loydan.
- Eng qimmat libos (ya’ni, ayollar kiyadigan ipak liboslar) ipak qurtidan olinadi.
- Eng mazali taomimiz (ya’ni, asal) asalaridan olinadi.
- Yotadigan joyimiz yer tagidagi chuqurlikdir.
Bas, shunday ekan, nega manmanlik qilamiz?!
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Nuqta qo‘yishing kerak bo‘lgan o‘rinda vergul qo‘yishni bas qil!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
To‘ng‘iz bilan balchiqda kurash tushib o‘ynama. Sening hamma joying iflos bo‘ladi, u esa bundan mazza qiladi.
Ingliz maqoli
*****
Zulmning oldida jim turish zolimga yordam berishdir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
Cavol: Men bozorda bir do‘konni ijaraga olib, ulgurchi tarqatuvchilardan har-bir mahsulotdan bittadan olib kelib, rastaga qo‘yaman. Qachon sotilsa, o‘rniga yana olib kelaman. Yaqinda eshitib qoldim. Bu ishim joiz emas ekan. Chunki o‘zimniki bo‘lmagan narsani sotishga kirar ekan. Shu to‘g‘rimi? Men qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Agar mahsulotlarni sotib olib, sotsangiz, joiz bo‘ladi. Lekin ularni sotib olmagan bo‘lsangiz bu ishingiz durust emas. Chunki siz o‘zingizniki bo‘lmagan narsani sotgan bo‘lasiz. Shuningdek, bir mahsulotni “Qachon, sotilsa, pulini beraman” degan shart bilan olsa ham savdo durust bo‘lmaydi.
Agar mahsulotni sotib olmoqchi bo‘lmasangiz, mahsulot egasining vakili sifatida sotib, bu ishingiz uchun xizmat haqqi olishingiz ham joiz. Lekin bu holatda qanchaga sotilsa, hammasini mol egasiga berish lozim bo‘ladi ("Al-Bahrur-roiq" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.