Yangi Zelandiyaning federal parlamentida Kraystcherchdagi terakt qurbonlari haqida Qur’oni Karim tilovat qilindi. Bu haqda TVNZ telekanaliga tayanib Azon nashri xabar tarqatdi.
Imom Nizomul Haq Tanviy parlament minbaridan turib Baqara surasining 153-156 oyatlarini o‘qidi:
“Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad so‘ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir. Allohning yo‘lida qatl bo‘lganlarni “o‘liklar” demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz. Albata, Biz sizlarni bir oz qo‘rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musiybat yetganda: “Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, derlar”.
Imom Tohir Navoz esa arabcha o‘qilgan oyatlarni ingliz tiliga o‘girdi.
Parlamentda nutq so‘zlagan mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern so‘zini “Assalomu alaykum” deya boshladi. U terakt qurbonlarini yodga olar ekan, shunday dedi: “Ular yangi zelandiyalik edi. Ular biz edi. Ular biz o‘lgani uchun ham bugun motamlarini tutyapmiz”.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Cavol: Men bozorda bir do‘konni ijaraga olib, ulgurchi tarqatuvchilardan har-bir mahsulotdan bittadan olib kelib, rastaga qo‘yaman. Qachon sotilsa, o‘rniga yana olib kelaman. Yaqinda eshitib qoldim. Bu ishim joiz emas ekan. Chunki o‘zimniki bo‘lmagan narsani sotishga kirar ekan. Shu to‘g‘rimi? Men qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Agar mahsulotlarni sotib olib, sotsangiz, joiz bo‘ladi. Lekin ularni sotib olmagan bo‘lsangiz bu ishingiz durust emas. Chunki siz o‘zingizniki bo‘lmagan narsani sotgan bo‘lasiz. Shuningdek, bir mahsulotni “Qachon, sotilsa, pulini beraman” degan shart bilan olsa ham savdo durust bo‘lmaydi.
Agar mahsulotni sotib olmoqchi bo‘lmasangiz, mahsulot egasining vakili sifatida sotib, bu ishingiz uchun xizmat haqqi olishingiz ham joiz. Lekin bu holatda qanchaga sotilsa, hammasini mol egasiga berish lozim bo‘ladi ("Al-Bahrur-roiq" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.