O‘zingiz haqingizda bilasizmi?
18.03.2019
4873
8 min.
Ulamolar “Kim o‘zini tanisa, Robbisini taniydi” deyishgan. Zero, dunyoda insonning tanasidan-da mo‘jizakor xilqat yo‘q. Quyida inson tanasi haqida olimlar tomonidan aniqlangan ba’zi ma’lumotlarni taqdim etamiz.
- Siz shu jumlalarni o‘qiyapsiz-u, tanangizda 50 ming hujayra o‘lib, o‘rniga yangilari paydo bo‘lyapti.
- Bitta inson miyasidan tarqaluvchi elektr signallar dunyodagi barcha mobil telefonlar tarqatadigan to‘lqinlardan ko‘proqdir.
- Ajali yaqinlashgan odam taxminan 150 trillion ma’lumotni eslay oladi.
- Inson tanasidagi eng kuchli muskul tilida joylashgan.
- Odamning yuragi umri davomida o‘rtacha 182 million litr qonni haydaydi.
- Inson tanasidagi barcha qon tomirlarining uzunligi 100 ming kilometrga yetadi.
- Charlz Osborn degan kimsa 68 yil davomida hiqichoqdan qiynalgan.
- O‘ng qo‘lini ishlatadiganlar chap qo‘lini ishlatadiganlardan taxminan 9 yil ko‘proq yashashlari tajribada kuzatilgan.
- Orqasi bilan yotib uxlaydigan yagona jonzot – insondir.
- Inson tanasida 900 dona qalam ishlab chiqarishga yetadigan uglerod, 50 litrli qozonni to‘ldirishga yetadigan suv, 7 dona sovun ishlab chiqarishga yetadigan yog‘, o‘rtacha kattalikdagi itning tanasidagi barcha burgalarni o‘ldirishga yetadigan oltingugurt bor.
- Inson tanasidagi qon tomirlariga ega bo‘lmagan yagona a’zo – muguz parda (ko‘zning eng ustki tiniq pardasi)dir. Bu a’zo kislorodni to‘g‘ridan to‘g‘ri havodan oladi.
- Yangi tug‘ilgan go‘dak yetti oygacha bir vaqtning o‘zida ham nafas olib, ham nafas chiqarishi mumkin.
- 4 yoshli bolakay bir kunda o‘rtacha 450 ta savol berishi mumkin.
- Miyaning asab pulslari soatiga 274 kilometr tezlikda harakatlanadi.
- Insondan tashqari faqat koala ayig‘ida barmoq izlari bor.
- Agar inson umr bo‘yi sochlarini oldirmasa, uning uzunligi o‘rtacha 725 kilometrga yetadi.
- Ayrim egizaklarning qon tahlillari ham, qon guruhlari ham bir xil bo‘lib, ba’zan ular bir kunda vafot etishadi.
- Inson tug‘ilganda uning miyasida taxminan 14 milliard hujayra bo‘ladi. 25 yildan keyin bu hujayralarning soni kuniga 100 mingtadan kamayib boradi. 40 yoshdan keyin bu kamayish shiddat bilan yuz berib, 50 yoshdan keyin miyaning hajmi ham qisqarib boradi.
- Insonning og‘zida taxminan 40 mingta bakteriya bo‘ladi.
- Ko‘zning to‘rpardasida yorug‘likni sezuvchi 137 million hujayra bor bo‘lib, bular 650 kvadrat millimetrda joylashgan. Bu hujayralarning 130 milliontasi oq-qora ranglarni ajratishga, qolgan 7 milliontasi esa boshqa ranglarni ajratishga xizmat qiladi.
- Agar sen ko‘zlaringning har bir harakatiga mos ravishda qadam tashlab borsang, bir kunda 80 kilometr masofani bosib o‘tasan. Chunki mushaklar yordamida ko‘z kun davomida taxminan 100 ming marta harakatlanadi.
- Inson ochlikdan ko‘ra uyqusizlikdan tezroq vafot etadi. Chunki ochlik sababli bir necha hafta yashashi mumkin, ammo uyqusizlikka o‘n kundan ortiq bardosh bera olmaydi.
- Inson skeleti 29 ta turli birikkan yirik suyaklardan tashkil topgan.
- Homilaning barmoq izlari tug‘ilganidan so‘ng 3 oy o‘tib shakllanadi.
- Ayollar yuragi erkaklarnikidan ko‘ra tezroq uradi.
- Germaniyalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, insonlarda yurak xuruji asosan dushanba kunida sodir bo‘lar ekan.
- Bahor faslida insonlarning nafas olishi kuzga nisbatan ikki barobarga ortadi.
- Inson tanasidagi issiqlikning 80 foizi bosh (burun, og‘iz, ter) orqali tashqariga chiqariladi.
- Inson uyalganda va qattiq xijolat bo‘lganda (yolg‘oni fosh bo‘lganda) yuzi qizaradi. Olimlarning aniqlashicha, xuddi shu payt oshqozon ham qizaradi.
- Inson chanqoqlikni his qilishi uchun tanadagi suvning 1 foizga kamayishi kifoya. Agar tanadagi suv 5 foizga kamaysa, holsizlik tufayli hushdan ketish mumkin. Bordiyu suv miqdori 10 foizga kamaysa, tana suvsizlikdan quriydi. Bu esa halokatga olib keladi.
- Inson tanasi kamida 700 xil foydali ferment ishlab chiqarish xususiyatiga ega.
- Inson tanasidagi ba’zi suyaklar (son suyagi) po‘latdan 5 marta mustahkamroqdir.
- Aksariyat insonlar ko‘rgan tushining yarmidan ko‘prog‘ini uyg‘onganda unutib yuboradi.
- Inson tanasiga tushadigan zararli bakteriyalarning eng kam miqdori ham kasal bo‘lishga kifoya qiladi.
- Inson tanasida o‘zini qayta tiklamaydigan va tuzalishi murakkab bo‘lgan a’zo – tishlaridir.
- Inson uxlashi uchun odatda yetti daqiqa yetarlidir.
- Chapaqaylar aksariyat ishlar kabi taom chaynashni ham chap jag‘lari bilan amalga oshiradilar.
- Dunyo aholisining taxminan 7 foizi chapaqaylardir.
- Olimlarning ta’kidlashicha, olma va banan mevalarini hidlash ham inson vaznining kamayishiga hissa qo‘shar ekan.
- Dunyodagi barcha jonzotlar orasida faqat insongina to‘g‘ri geometrik chiziq chiza oladi.
- Inson tanasidagi bakteriyalarning umumiy vazni 2 kilogramni tashkil etadi.
- Inson tanasidagi kalsiy miqdorining 99 foizi tishlarga tegishli.
- Inson lablarining sezuvchanligi barmoqlar sezgirligidan 100 marta kuchliroqdir.
- Odamdagi jag‘ muskullarining har biri 195 kilogramgacha og‘irlikni ko‘tara oladi.
- Inson tanasidagi temir moddasi to‘plansa, bir dona mix ishlab chiqarishga yetadi.
- Inson organizmida shamollashga olib boruvchi 100 ga yaqin viruslar mavjud.
- Inson tanasi hayoti davomida taxminan 1000 marta to‘liq yangilanadi.
- Kuniga bir dona sigaret chekadigan odamning zaxarlanishi bir yil davomida yarim kosa smola (neft) ichgan bilan teng.
- Inson kun davomida kamida 23 marta chuqur nafas oladi.
- Ayollar erkaklarga nisbatan ikki marta ko‘proq kiprik qoqadi.
- Inson, ko‘zi ochiq holatda aksa urolmaydi.
- Insonning qo‘lidagi tirnoqlari oyog‘idagi tirnoqlariga qaraganda to‘rt marotaba tezroq o‘sadi.
- Inson miyasida har soniyada taxminan 100 ming kimyoviy hodisa sodir bo‘lar ekan.
- Ko‘zlari ko‘k bo‘lgan insonlar og‘riqni boshqalardan ko‘ra ko‘proq his etadi.
- Odam o‘pkasining yoyilgan shakli tennis maydoniga teng kelar ekan.
- Qondagi oq qon tanachalari har 2-4 kunda yangilanib boradi. Qizil qon tanachalarining umri esa 3-4 oyni tashkil etadi.
- Inson yuragining hajmi o‘zining qo‘l mushti hajmiga teng. Vazni esa 220-260 grammni tashkil etadi (yoshi kattalarda).
- Yangi tug‘ilgan chaqaloqning suyaklari taxminan 300 tani tashkil etadi. Ulg‘ayish jarayonida esa suyaklar birikib, 206 taga kamayadi.
- O‘ng o‘pka chap o‘pkaga nisbatan havoni ko‘proq qabul qiladi.
- Spermatozoidlar (maniy) erkak tanasidagi eng kichik hujayralardir.
- Insonda 2000 dan ortiq ta’m bilish retseptorlari mavjud.
- Odamning ko‘zlari taxminan million xil rangni ajratish xususiyatiga ega.
- Yurak qonni tomirlar orqali tanaga haydaydigan kuchning tezligi to‘rt qavatli binoning balandligiga tengdir.
- Uxlayotganingizda tanangiz sarflagan kaloriya televizor ko‘rganingizdagidan ko‘proqni tashkil etadi.
- Bolalarning ulg‘ayishi bahor faslida boshqa fasllardagiga nisbatan tezlashadi.
- Tabassum qilayotganingizda yuz va boshingizdagi 17 ta mushak faol harakat qiladi. Qovog‘ingizni uyganingizda esa 43 ta mushaklaringiz majburiy harakatlanadi.
- Odam oltmish yoshida ta’m bilish xususiyatining 50 foizini yo‘qotadi.
- Olimlarning ta’kidlashicha, yer yuzida 1 foiz odamlargina ultrabinafsha va infraqizil nurlarni ko‘ra oladi.
- Inson kislorod yetishmasligidan emas, balki karbonat angidridning tanada ortib ketishidan halok bo‘ladi.
- Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har ikki milliard insondan bittasi 116 yil yashar ekan.
- Har bir odam kun davomida o‘rtacha 4 ming 800 ta so‘z talaffuz qiladi.
- Odamning ko‘zlari tug‘ilganidan to vafot etgunicha bir xil hajmda bo‘ladi. Burun va quloq esa umri davomida o‘sishdan to‘xtamaydi.
- Odamning tanasi kechqurungiga nisbatan ertalab 8 millimetr uzunroq bo‘ladi. Sababi inson uxlaganda tanasidagi umurtqa va mushaklar yoyiladi.
- Odam yo‘talayotganda bo‘g‘zidan chiqayotgan havoning tezligi soatiga 96 kilometrga yetadi.
Internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Iminjonov,
Saidabror Umarov tayyorladi
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING