Sayt test holatida ishlamoqda!
12 May, 2025   |   14 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:08
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:35
Xufton
21:03
Bismillah
12 May, 2025, 14 Zulqa`da, 1446

Misrning “Al-Ahram” gazetasida O'zbekiston elchisi bilan suhbat chop etildi

31.07.2023   967   4 min.
Misrning “Al-Ahram” gazetasida O'zbekiston elchisi bilan suhbat chop etildi

Misrda chop etiladigan yirik matbaa nashrlardan biri - “Al-Ahram” gazetasi sahifasida “O'zbekistonning Qohiradagi elchisi: Prezident Shavkat Mirziyoev yangi muddatga saylanganidan keyin Misr bilan o'zaro manfaatli aloqalarda ulkan rivojlanish kutilmoqda” sarlavhasi ostidagi interv'yu bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mamlakatimizning Qohiradagi diplomatiya vakolatxonasi rahbari Mansurbek Qilichev bilan bo'lgan ushbu suhbatda O'zbekiston va uning xalqi arab mamlakatlari, xususan, Misr xalqi bilan ko'plab tarixiy, madaniy va diniy rishtalar orqali bog'langani qayd etilgan.

Unda O'zbekistonning misrliklarga qadim zamonlardan beri Movarounnahr – “daryo ortidagi mamlakat” sifatida tanilgani va Qohirada ikki davlat o'rtasidagi tarixiy munosabatlarning tarixi uzoq o'tmishga borib taqalishini tasdiqlaydigan ko'plab dalillar va yodgorliklar saqlanib qolgani ta'kidlangan.

«Masalan, Qohiradagi “Nilometr”. “U Ahmad Al-Farg'oniy” tomonidan kashf etilgan, shuningdek, hududi bo'yicha Misrdagi eng yirik masjidlardan biri bo'lgan “Ibn Tulun” masjidi asli O'zbekistonning Buxoro shahridan bo'lgan Ahmad ibn Tulun tomonidan barpo etilgan. Qohira markazidagi bog'i bilan mashhur bo'lgan “Al-O'zbekiya” mahallasining nomi esa Sulton Qaytboy o'z qo'shini qo'mondoni Sayfuddin O'zbekka 60 gektar erni sovg'a qilishidan so'nggi davriga to'g'ri keladi. Bu erda Sayfuddin O'zbek obodonchilik qilgan, ko'plab inshootlar, jumladan, mazkur bog'ni barpo etgan», deb yozadi nashr.

Ushbu interv'yuda O'zbekistonning zamonaviy davrdagi munosabatlari tarixiy munosabatlaridan kam emasligi, Misr 1993 yili, sobiq sovetlar ittifoqi parchalangach, ya'ni O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng Toshkentda elchixonasini ochgan birinchi davlatlardan biri bo'lgani ham qayd etilgan.

Suhbatda Misr arab davlatlari orasidan birinchi bo'lib, 1991 yil 26 dekabrda O'zbekiston mustaqilligini tan olgani va  1992 yilda imzolangan Qo'shma bayonot asosida ikki davlat o'rtasida diplomatiya munosabatlari o'rnatilgani o'quvchilarning e'tiboriga havola qilingan.

Shuningdek, O'zbekiston va Misr etakchilari muntazam uchrashayotgani,  Prezident Abdulfattoh as-Sisiy 2018 yilning sentyabr' oyida O'zbekistonga tashrif buyurgani, joriy yilning fevral oyida esa O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Misrga buyurgan tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish barcha sohalarda hamkorlik asoslarini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratgani alohida ta'kidlangan.

Yuqoridagilar bilan birga, O'zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev joriy yil 9 iyul' kuni bo'lib o'tgan saylovlarda Prezident Mirziyoev yangi prezidentlik muddatiga saylanganidan keyingi davrda ham Misr bilan aloqalar ham muhim o'rin tutishini qayd etgani va buning sabablari atroflicha qalamga olingan.

«O'zbekiston elchisi Misr va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar  o'zaro ishonchga asoslangan do'stlikka asoslanishini tasdiqlar ekan, ikki mamlakat xalqlari o'rtasidagi tarixiy va madaniy mushtaraklik o'zaro hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos ekanligi, Misr O'zbekiston uchun istiqbolli hamkor va o'z mamlakati eksportining Afrika bozorlariga kirish eshigi ekanini ta'kidladi», deb yozadi gazeta.

Ma'lumot tariqasida qayd etish joizki, “Al-Ahram” gazetasi 1875 yil 5 avgustda Misrning rasmiy gazetasi sifatida tashkil etilgan. U Misr va arab dunyosidagi eng yirik nashr bo'lib, kunlik adadi 1 millionga yaqin nusxani  tashkil etadi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Tadqiqotchilar baxtning sirini aniqladilar

12.05.2025   1050   1 min.
Tadqiqotchilar baxtning sirini aniqladilar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Bir g‘aroyib ilmiy tadqiqotda olimlar soliha xotinning uydagi saodatga kuchli ta’sir qilishini isbotladilar. «Nikoh va oila» jurnalida chop etilgan ma’lumotda tadqiqotchilar hayotdagi baxtning siri juftida ekanini aniqlashdi. Tadqiqotchilar bir nechta erkaklarni sinab ko‘rdilar va er-xotinlik saodatida ayolning asosiy roli borligini aniqladilar. Xotin erini maqtasa, bu erning hayotda baxtiyorligidan dalolat beradi. «Er-xotin munosabatlaridagi nomutanosiblik ayollarning odatda erlariga hissiy va amaliy yordamni qanday ko‘rsatishi bilan bog‘liq, aksincha emas», deydi tadqiqot hammuallifi Debora Karr. — Baxtsiz turmush qurgan erkaklar, ularning umumiy farovonligini oshiradigan er-xotin munosabatlaridan foyda olishlari mumkin. Binobarin, soliha juft bu dunyoda saodatning asosiy sababchisi ekanligini ilmiy haqiqat tasdiqlaydi.

Buni sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alyhi vasallam allaqachon ta’kidlab qo‘yganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar: «Dunyo matodir. Dunyo matosining eng yaxshisi soliha ayoldir» (Imom Muslim rivoyati).

Mo‘min insonning bu dunyoda o‘ziga madadkor, hayotiga baxt va rohat kirib kelishiga sabab bo‘ladigan soliha jufti bo‘lishi, bu dunyodagi eng yaxshi saodat turi ekanligini yuqoridagi hadis ta’kidlamoqda. Bu bugun olimlar kashf etgan haqiqatdir. Bizga Islom ne’matini bergani uchun Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin.