Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

BMT dinlararo bag'rikenglik rezolyutsiyasini qabul qildi. O'zbekiston uning hammualliflaridan biri bo'ldi

30.07.2023   9439   4 min.
BMT dinlararo bag'rikenglik rezolyutsiyasini qabul qildi. O'zbekiston uning hammualliflaridan biri bo'ldi

Rezolyutsiyada Qur'onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo'ravonlik holatlari ko'paygani qoralandi.

25 iyul' kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida «Nafrat so'zlariga qarshi kurashish kontekstida dinlararo va madaniyatlararo muloqot va bag'rikenglikni qo'llab-quvvatlash» rezolyutsiyasi konsensus asosida qabul qilindi. Rezolyutsiya har ikki yilda, an'anaviy ravishda Marokash delegatsiyasi tashabbusi bilan qabul qilinadi.

Rezolyutsiya 49 ta davlat tomonidan tayyorlandi. Ular orasida O'zbekiston ham bor.

Shuningdek, rezolyutsiyani tayyorlashda Turkiya, Ozarboyjon, Hitoy, Pokiston, Bahrayn, Iordaniya, Iroq, Misr, BAA, Ummon, Saudiya Arabistoni, Qatar va Quvayt, ayrim Afrika davlatlari, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari hammuallif sifatida qatnashdi. G'arbiy Yevropa davlatlaridan hech biri, shuningdek, Gvatemala va Surinamdan tashqari orollar va Lotin Amerikasi mamlakatlari hammualliflar qatoriga kirmadi.

Rezolyutsiyada Qur'onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo'ravonlik holatlari ko'payganidan xavotir bildirilgan. Ularni amalga oshirgan shaxslar kim bo'lishidan qat'i nazar, islomofobiyadan motivatsiya olgani qayd etilgan.

Rezolyutsiyaning asosiy maqsadi va chorlovi – diniy ramzlar, muqaddas kitoblar, uy-joy, korxonalar, mulk, maktablar, madaniyat markazlari yoki ibodat joylariga qarshi qaratilgan zo'ravonlik harakatlarini, shuningdek, xalqaro huquq me'yorlariga zid ravishda diniy obidalar, diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga hujumlarni qoralashdan iborat.

Rezolyutsiya bilan har yili fevral' oyining birinchi haftasini barcha dinlar, konfessiyalar va konfessiyalar o'rtasida uyg'un konfessiyalararo munosabatlar Butunjahon haftaligi deb e'lon qilinishi qo'llab-quvvatlandi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar

08.07.2025   82   1 min.
Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar

Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarimiz bilan doimiy muloqotni qo‘llab-quvvatlab turish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, ma’rifiy suhbatlar o‘tkazish maqsadida joriy yilning 29 iyun – 2  iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Vladivostok shahrida xizmat safarida bo‘lishdi. Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi B.Asadov, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Bosh konsuli M.Xayriddinov kabi nufuzli vakillar qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili Ibrohimjon domla Inomov ham ishtirok etdi.
 

Safar davomida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Vladivostok shahridagi pasport-viza xizmatida, Vladivostok, Xabarovsk shaharlaridagi o‘zbek diasporasi rahbarlari va Primorsk o‘lkasidagi o‘zbek diasporasi vakillari, o‘zbekistonlik talabalar, turli xizmatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan migrantlar bilan, Vladivostokdagi “Vladtorg” savdo kompaniyasida, Vladivostokda OOO “Viktoriya” qurilish firmasida, Primorsk o‘lkasidagi “Dobroflot” baliqovlash kompaniyasi zavodlarida xizmat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.


“Milliy va diniy qadriyatlarimiz”, “Aqidada adashmaylik!”, “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi”, “Islomda bag‘rikenglik”, “Islomda vatanparvarlik tushunchasi” kabi mavzularda o‘tgan suhbatlardan yurtdoshlarimiz kerakli tushunchalar hosil qilib, mamnun bo‘lishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar Vladivostokda ma’rifiy suhbatlar
Dunyo yangiliklari