iqna agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Misr Arab Respublikasida yashovchi 76 yoshli ayol Qur’ondan 30 nusxa qo‘lyozma ko‘chirdi.
Zaynab Abdul-G‘ani Muhammad Xusayn ismli ayol al Mino viloyatidagi qishloqlarning birida yashaydi. Boshlang‘ich maktabni tamomlagan ayol yetti yil davomida qo‘lda 30 nusxadja Qur’oni karim ko‘chirmalarini yozib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zining aytishicha, uning besh o‘g‘li va ikki qizi bo‘lib, otasi Qur’oni karim hofizi bo‘lgan. U Qur’onning 24 juzini yodlashga ulgurgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Savol: Masjidimizda tut, olma kabi mevali daraxtlar bor. Ular pishgan paytda, namozga kelganlar ulardan olib yeyishadi. Shu ish joizmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Masjid hovlisidagi mevali daraxtlar vaqf qiluvchi yoki daraxt ekkan shaxs tomonidan odamlarning umumiy foydalanishi uchun ekilgan bo‘lsa, odamlar bu daraxtlarning mevasini yeyishlari mumkin. Ammo agar bu daraxtlar masjid daromadi uchun ekilgan bo‘lsa, ya’ni ekkan odam “shu daraxtning mevalari mana shu masjid uchun daromad bo‘lsin” degan maqsadda ekkan bo‘lsa, yoki nima niyatda ekkani ma’lum bo‘lmasa, bu holatda ularni sotib, pulini masjid ehtiyojlariga sarflash zarur bo‘ladi. Shuning uchun, bu turdagi daraxtlarning mevalarini pulini to‘lamay yeyish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.