Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Iyun, 2025   |   5 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:53
Peshin
12:27
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:45
Bismillah
30 Iyun, 2025, 5 Muharram, 1447

Eng ulug‘ sahobaga berilgan tavsiya

18.01.2019   3422   1 min.
Eng ulug‘ sahobaga berilgan tavsiya

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan farz namozlardan keyin doim aytib yurishlari uchun biror duo o‘rgatishlarini so‘raganlarida, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

“Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va laa yag‘firuz zunuuba illa anta. Fag‘firliy mag‘firotan min indika varhamniy. Innaka antal G‘ofurur Rohiym degan duoni o‘rgatgan ekanlar.

Duoning ma’nosi: Ey Alloh! Albatta, men o‘z nafsimga ko‘p zulm qildim. Gunohlarni faqatgina Sen mag‘firat qilasan. Bas, huzuringdan bo‘lgan mag‘firat ila meni mag‘firat etgin va menga rahm qilgin! Albatta, Sen G‘ofur, Rohiym Zotsan.

Payg‘ambarlar alayhimussalomdan keyin insonlarning afzali bo‘lgan Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga ushbu duo o‘rgatilibdimi, demak, bizlar ko‘zimizni kattaroq ochishimiz, tilimizdan ham, dilimzdan ham istig‘forni qo‘ymasligimiz kerak. Alloh taolo bizni ixlos bilan ko‘p istig‘for aytib, O‘zining mag‘firatiga erishadigan bandalaridan qilsin, omin!

Nozimjon Iminjonov tayyorladi

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti magistratura va modul tizimiga qabul e’lon qilinadi

30.06.2025   1151   2 min.
Toshkent islom instituti magistratura va modul tizimiga qabul e’lon qilinadi

#xabar #elon #modul #magistratura
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2025-2026 o‘quv yili uchun Toshkent islom instituti magistratura bosqichi va modul ta’lim tizimiga talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish sanalarini ma’lum qiladi: 
 

 Modul ta’lim tizimiga 2025 yil 1 iyuldan 20 iyulgacha;
 Magistratura bosqichiga 2025 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha. 


Xorijiy davlatlardagi oliy diniy ta’lim muassasalarini tamomlagan va mamlakatimizda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan diplomga ega bo‘lgan abituriyentlar (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) ham hujjat topshirishlari mumkin.


Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar Qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
 ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
 pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
 oliy diniy ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi).


Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Modul ta’lim tizimiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar Qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
 ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
 pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
 o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi asl nusxada;
 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
 ish joyi bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilidan tavsiyanoma;
 mehnat daftarchasi nusxasi (tasdiqlangan holda).


Eslatib o‘tamiz: Modul ta’lim tizimiga o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan hamda to‘rt yil va undan ortiq muddat davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom noiblari tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi.


2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz (https://t.me/qabulmuslimuz) telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

MUSLIM.UZ GA  OBUNA BO'LING (https://t.me/+PSOPDevNs2Va-wt7)  VA ULASHING (https://telegram.me/share/url?url=https://t.me/muslimuzportal)

 YouTube (https://www.youtube.com/@Muslimuzz/featured) | Instagram (https://www.instagram.com/muslimuzportali/) | Facebook (https://www.facebook.com/muslimuzportal)

O'zbekiston yangiliklari