Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan farz namozlardan keyin doim aytib yurishlari uchun biror duo o‘rgatishlarini so‘raganlarida, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va laa yag‘firuz zunuuba illa anta. Fag‘firliy mag‘firotan min indika varhamniy. Innaka antal G‘ofurur Rohiym” degan duoni o‘rgatgan ekanlar.
Duoning ma’nosi: “Ey Alloh! Albatta, men o‘z nafsimga ko‘p zulm qildim. Gunohlarni faqatgina Sen mag‘firat qilasan. Bas, huzuringdan bo‘lgan mag‘firat ila meni mag‘firat etgin va menga rahm qilgin! Albatta, Sen G‘ofur, Rohiym Zotsan”.
Payg‘ambarlar alayhimussalomdan keyin insonlarning afzali bo‘lgan Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga ushbu duo o‘rgatilibdimi, demak, bizlar ko‘zimizni kattaroq ochishimiz, tilimizdan ham, dilimzdan ham istig‘forni qo‘ymasligimiz kerak. Alloh taolo bizni ixlos bilan ko‘p istig‘for aytib, O‘zining mag‘firatiga erishadigan bandalaridan qilsin, omin!
Nozimjon Iminjonov tayyorladi
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.