Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

“Birodaringning qo‘lidan ushlab, uni ham jannatga olib kir”

18.01.2019   3186   2 min.
“Birodaringning qo‘lidan ushlab, uni ham jannatga olib kir”

Anas ibn Molik va Abu Hurayra roziyallohu anhumo aytadilar: “Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirganimizda, u zot kuldilar, hatto tishlari ko‘rindi. Shunda Umar roziyallohu anhu: “Yo Rasulalloh, ota-onam fidoyingiz bo‘lsin, nima sababdan kuldingiz?”, deb so‘radi.
U zot sollallohu alayhi vasallam: “(Qiyomat kuni) ummatimdan ikki kishi Robbul-izza (Alloh) taborak va taoloning huzurida tiz cho‘kadilar. Ulardan biri: “Robbim, birodarimdan haqimni olib ber”, deydi. Alloh taolo (ikkinchi kishiga): “Birodaringga haqini ber”, deydi. U: “Robbim, bironta ham savobim qolmadi”, deganida, birinchisi: “Robbim! Unaqada, gunohlarimni olsin”, deydi.
Anas roziyallohu anhu aytadi: “Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig‘ladilar, hatto ko‘zlaridan yosh oqdi. So‘ng: “Albatta, bu ulug‘ kundir. Odamlar o‘zlarining gunohlarini bo‘yniga oladigan kishilarga muhtoj bo‘ladigan kundir”, dedilar.
Shunda Alloh taolo birinchi kishiga: “Boshingni ko‘tar va jannat bog‘lariga qara”, deydi. U boshini ko‘tarib: “Robbim, kumush shaharlarni, marvaridga to‘la oltin qasrlarni ko‘ryapman. Bu qaysi payg‘ambarniki? Yo qaysi siddiqniki? Yo qaysi shahidniki?”, deb so‘raydi. Alloh taolo: “Bu (o‘sha jannatning) haqini bergan kishiniki”, deydi. U: “Robbim, buning haqini kim ham bera oladi?”, deganida, Alloh taolo: “Sen bera olasan”, deydi. U: “Qanday qilib, Robbim?”, desa, Alloh taolo: “Birodaringni afv etib”, deydi. U: “Robbim, men uni afv etdim”, deydi. Alloh taolo: “(Endi,) birodaringning qo‘lidan ushlab, uni ham jannatga olib kir”, deb marhamat qiladi.

Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohga taqvo qilinglar va o‘z oralaringizni isloh qilinglar! Zero, Alloh taolo qiyomat kuni mo‘min bandalarining oralarini isloh qiladi”, deb buyurdilar.

(Imom Bayhaqiy, “Al-ba’s”; Ibn Asokir, “Mu’jamush-shuyux” (1/324); Hofiz Abu Ya’lo Muvsiliy, “Al-musnad”; Xatib Bag‘dodiy, “Tarixi Bag‘dod” (4/245); Ibn Abud-dunyo, “Husnuz-zonni billah” (116); Xaroitiy, “Makorimul axloq”; Iroqiy, “Al-mug‘niy”; Zabidiy, “Ithofus-sodatil-muttaqiyn” (6/267); Imom Hokim “Al-mustadrak ’alas-sahihayn” (4/576)da rivoyat qilib, “Isnodi sahih”, degan. Abdul Azim Munziriy “At-targ‘ib vat-tarhib” (3/309)da va hofiz Qastaloniy “Al-mavohibul-laduniyya bil-minahil-Muhammadiyya” (3/660)da Hokimning gapini tasdiqlashgan).

Abdul Azim Ziyouddin

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi

08.07.2025   1006   1 min.
Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi

Shu yil 7 iyul kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Oltinko‘l tumani “Uyshin” jome masjidida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari, otinoyilar va hojilar ishtirokida sayyor seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 
 

Seminar doirasida: 

  • Ishtirokchilar biriktirilgan xonadonlarga tashrif buyurib, aholiga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatdi;

  • Masjidlarda peshin namozini o‘qib, jamoatga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazdi;

  • Oltinko‘l tumani masjidlari faoliyati muhokama qilindi, taklif va topshiriqlar berildi. 
     

Seminar yakunida samarali faoliyat ko‘rsatgan imom-xatiblardan biri viloyat bosh imom-xatibining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi. 

 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Andijon viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi Oltinko‘lda imom-xatiblar faoliyatiga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari