Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan restoran ma’muriyati isrof bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yish maqsadida yangi loyihaga qo‘l urdi.
Gulou Hotpot nomli restoran Dubayning Al BAshra tumanida joylashgan bo‘lib, oziq-ovqat qoldiqlarini isrof qilmaslikni maqsad qilgan. Bunda o‘z taomini oxirigacha yemasdan, qoldirgan mehmondan qo‘shimcha 50 dirham (13.7 AQSH dollari) to‘lashi talab qilinadi.
Restoran ma’murlarining aytishicha, bundan qo‘shimcha to‘lovlar kishilarni isrof qilmaslikka, o‘z nafslarini jilovlash hamda yeyishlari mumkin bo‘lgan miqdordagi ovqatga buyurtma berishni o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi.
Ushbu "jarima" 49 dirhamdan ortiq narxdagi cheklanmagan miqdordagi ovqat va ichimliklarga ikki soat ichida amal qiladi.
Restoran menyusida sho‘rva, go‘sht, baliq, tofu, sabzavotlar, lag‘mon va shirinliklar cheklanmagan miqdorda taqdim etiladi. Mehmonlar buyurtma qilgan ovqatlarini barchasini yeya olmasalar qo‘shimcha to‘lovni to‘lashlari kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati