Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2024   |   22 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2024, 22 Jumadul soni, 1446

Al-Azhar Xalqaro Qur’on musobaqasining shartlari e’lon qilindi

5.01.2019   2805   1 min.
Al-Azhar Xalqaro Qur’on musobaqasining shartlari e’lon qilindi

Avvalroq, Misr Arab Respublikasida Al-Azhar Xalqaro Qur’on musobaqasi tashkil etilishi va o‘tkazilishi, unda misrliklardan tashqari xorijliklar ham ishtirok eta olishi xususida xabar bergan edik.

Shu kunlarda Al-Azhar Xalqaro Qur’on musobaqasi tashkiliy qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, musobaqa besh bosqichda o‘tkaziladi. IQNAning xabar berishicha, tashkiliy qo‘mita musobaqa shartlarini e’lon qilgan.

Tanlov shartlariga ko‘ra, musobaqada qatnashuvchilarning yosh bo‘yicha tartibi qo‘yidagicha:

- birinchi bosqich: 40 yoshdan;
- ikkinchi bosqich 30 yoshdan;
- uchinchi bosqich 25 yoshdan;
- to‘rtinchi bosqich 15 yoshdan katta bo‘lmasligi kerakligi qayd etilgan.

Misrda istiqomat qiladiganlar azhar.eg/quranregister sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Misrdan tashqaridagi nomzodlar Al-Azharning rasmiy maktubi yuborilgan Islomiy markazlar va mamlakatlarda qayd etilishlari mumkin. Nomzodlar jumodisoniy oyining oxirigacha ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligi qayd etilgan.

Misrliklar uchun musobaqaning dastlabki saralash bosqichi jumodissoniy va rajab oylarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning barcha qatnashuvchilari sha’bon oyining 15-22 kunlarida o‘zaro kuch sinashadilar. Final bosqichi sha’bon oyining 23-28 kunlari bo‘lib o‘tadi. Ramazonning 8 kunida esa musobaqa natijalarini e’lon qilish va g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazilishi aytilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Menda ko‘rganlaringni boshqalarga aytmagin!

23.12.2024   318   1 min.
Menda ko‘rganlaringni boshqalarga aytmagin!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bir kuni imom Abu Hanifa rahimahulloh xufton namozini masjidning muazzini ortidan o‘qidi. Muazzin namozda “Zilzala” surasini tilovat qildi. Namoz tugagach, odamlar masjiddan chiqib ketishdi va faqat imom Abu Hanifa va muazzin qolishdi.

Muazzin aytadi: “Men Abu Hanifaga qarasam, u o‘yga cho‘mgan holda o‘tirgan, chuqur-chuqur nafas olar edi. Men uning xayolini buzmaslik uchun turib chiqib ketdim. Masjiddan chiqaturib fonusni qoldirdim, uning ichida juda ozgina moy qolgan edi”.

Ertasiga tong paytida masjidga qaytsam, u hali ham o‘sha joyida o‘tirgan ekan. Pichirlab bunday der edi: Ey, zarracha yaxshilik uchun yaxshilik beradigan Zot! Ey, zarracha yomonlik uchun yomonlik beradigan Zot! No‘mon qulingni do‘zaxdan asra va O‘z rahmatingga olgin!.

Muazzin aytadi: Men kirsam fonus hali ham yonib turgan ekan.

Abu Hanifa meni ko‘rdida: Fonusni olmoqchimisan? deb so‘radi. Bilsam, u hali ham xufton vaqti deb o‘ylagan ekan. Shunda men: Ey hazrat, tong otdi! dedim. Shunda Abu Hanifa: Menda ko‘rganlaringni boshqalarga aytmagin! dedi.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar