Bugun, 4 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” jome masjididagi 4 yanvar kungi juma namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.
Rahimberdi domla Rahmonovning ushbu sharafli vazifalarda Alloh taolodan kuch-quvvat so‘raymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati