Koreya Respublikasining etakchi telekanali - «KBS» «Buyuk ipak yo'li bo'ylab sayyohat» teledasturi O'zbekistonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan maxsus ko'rsatuvni tomoshabinlarning e'tiborga havola qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Maxsus ko'rsatuv O'zbekistonning ekoturizm, gastronomik, ziyorat, tog' turizmi va landshaft turizmi salohiyatiga oid ma'lumotlarni qamrab oldi.
Ijodiy safar bilan O'zbekistonda bo'lib qaytgan «KBS» telekanali vakillari O'zbekistonning mashhur sayyohlik yo'nalishlari, YuNYeSKOning Butunjahon merosi ro'yxatidan joy olgan Samarqand, Buxoro va Farg'ona shaharlarining qadimiy me'moriy yodgorliklari, mamlakatimizning turli hududlaridagi zamonaviy ko'ngilochar maskanlar, o'zbek milliy taomlari va boshqa mavzular haqida atroflicha hikoya qilishgan.
Shu bilan birga, ijodiy guruh vakillari tomonidan Janubiy Koreyalik sayyohlar uchun O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishning afzalliklari ham keng yoritib berildi.
Unda, jumladan, bugungi kunda O'zbekiston poytaxtidan respublikaning betakror tarixiy shaharlariga qatnaydigan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi vositasida Ipak yo'li yo'nalishlari bo'ylab sayohat qilish mumkinligi ma'lum qilingan.
«KBS» telekanili muxbirining aytishicha, Toshkent me'moriy jihatdan O'rta asr yodgorliklari, zamonaviy ko'p qavatli binolari va sobiq ittifoq me'morchiligi an'analari uyg'unligi bilan sayyohlarni hayratga soladi.
«Toshkentdan mamlakat bo'ylab sayohatchilar nafaqat ravon avtomobil' yo'llari, balki poyezdda ham sayohat qilishi mumkin, deya ta'kidlaydi yapon telejurnalisti. Yilning barcha fasllarida ertalab va kechqurun Toshkentning bosh vokzalidan Buxoro va Samarqand yo'nalishida zamonaviy “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnaydi. Maksimal tezligi 230 km/soat bo'lgan ushbu poyezd Buxorogacha bo'lgan 600 km yo'lni uch soatu qirq daqiqada bosib o'tadiki, bu aviaparvozga nisbatn qulay va arzondir”.
Muxbir Samarqand va Buxoro shaharlari Markaziy Osiyoning madaniy durdonalari hisoblanishini alohida qayd etgan.
“Buxoro shahri 1997 yilda 2500 yoshga to'ldi. Eski shahar markazida Buxoroning diqqatga sazovor osori atiqasi - 1127 yilda qurilgan Minorai Kalon joylashgan. Uning balandligi 47 metr, poydevori esa 10 metr. Samarqand esa 2750 yildan beri mavjud bo'lib, ushbu shahar dunyodagi eng qadimiy maskanlardan biri hisoblanadi. Ushba qadimiy kent o'nlab bosqinchilardan omon qolgan va qator vayronagarchiliklarni boshdan o'tkazganiga qaramay, u ertaknamo ulug'vorligini yo'qotmagan”, deydi u.
Teledasturda qadimiy o'zbek shaharlarining tarixiy va me'moriy diqqatga sazovor joylari, milliy hunarmandchiligi, ajobiy tabiat manzaralari haqidagi batafsil ma'lumotmotlar yapon teletomoshabinlarining e'tiboriga havola qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.
Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.
Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi
Sodiqjon Abdurahmanov
Manba: @Softalimotlar