Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

O'zbekistonning mashhur sayyohlik yo'nalishlari Janubiy Koreya OAVlari diqqat markazida

24.07.2023   2430   3 min.
O'zbekistonning mashhur sayyohlik yo'nalishlari Janubiy Koreya OAVlari diqqat markazida

Koreya Respublikasining etakchi telekanali - «KBS» «Buyuk ipak yo'li bo'ylab sayyohat» teledasturi O'zbekistonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan maxsus ko'rsatuvni tomoshabinlarning e'tiborga havola qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Maxsus ko'rsatuv O'zbekistonning ekoturizm, gastronomik, ziyorat, tog' turizmi va landshaft turizmi salohiyatiga oid ma'lumotlarni qamrab oldi.

Ijodiy safar bilan O'zbekistonda bo'lib qaytgan «KBS»  telekanali vakillari O'zbekistonning mashhur sayyohlik yo'nalishlari, YuNYeSKOning Butunjahon merosi ro'yxatidan joy olgan Samarqand, Buxoro va Farg'ona shaharlarining qadimiy me'moriy yodgorliklari, mamlakatimizning turli hududlaridagi zamonaviy ko'ngilochar maskanlar, o'zbek milliy taomlari va boshqa mavzular haqida atroflicha hikoya qilishgan.

Shu bilan birga, ijodiy guruh vakillari tomonidan Janubiy Koreyalik sayyohlar uchun O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishning afzalliklari ham keng yoritib berildi.

Unda, jumladan, bugungi kunda O'zbekiston poytaxtidan respublikaning betakror tarixiy shaharlariga qatnaydigan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi vositasida Ipak yo'li yo'nalishlari bo'ylab sayohat qilish mumkinligi ma'lum qilingan.

«KBS»  telekanili muxbirining aytishicha, Toshkent me'moriy jihatdan O'rta asr yodgorliklari, zamonaviy ko'p qavatli binolari va sobiq ittifoq me'morchiligi an'analari uyg'unligi bilan sayyohlarni hayratga soladi.

«Toshkentdan mamlakat bo'ylab sayohatchilar nafaqat ravon  avtomobil' yo'llari, balki poyezdda ham sayohat qilishi mumkin, deya ta'kidlaydi yapon telejurnalisti. Yilning barcha fasllarida ertalab va kechqurun Toshkentning bosh vokzalidan Buxoro va Samarqand yo'nalishida zamonaviy “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnaydi. Maksimal tezligi 230 km/soat bo'lgan ushbu poyezd Buxorogacha bo'lgan 600 km yo'lni uch soatu qirq daqiqada bosib o'tadiki, bu aviaparvozga nisbatn qulay va arzondir”.

Muxbir Samarqand va Buxoro shaharlari Markaziy Osiyoning madaniy durdonalari hisoblanishini alohida qayd etgan.

“Buxoro shahri 1997 yilda 2500 yoshga to'ldi. Eski shahar markazida Buxoroning diqqatga sazovor osori atiqasi - 1127 yilda qurilgan Minorai Kalon joylashgan. Uning balandligi 47 metr, poydevori esa 10 metr. Samarqand esa 2750 yildan beri mavjud bo'lib, ushbu shahar dunyodagi eng qadimiy maskanlardan biri hisoblanadi. Ushba qadimiy kent o'nlab bosqinchilardan omon qolgan va qator vayronagarchiliklarni boshdan o'tkazganiga qaramay, u ertaknamo ulug'vorligini yo'qotmagan”, deydi u.

Teledasturda qadimiy o'zbek shaharlarining tarixiy va me'moriy diqqatga sazovor joylari, milliy hunarmandchiligi, ajobiy tabiat manzaralari haqidagi batafsil ma'lumotmotlar yapon teletomoshabinlarining e'tiboriga havola qilindi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mo‘tadillik - saodat

04.07.2025   4465   2 min.
Mo‘tadillik - saodat

Islom dini biror shaxs, guruh, mol-dunyoga nisbatan va obro‘-e’tibor topish uchun qilinadigan har qanday mutaassiblik va firqalarga bo‘linishni qoralaydi, tarafkashlikni johiliyat holatiga o‘xshatadi.

Mutaassiblikning turli ko‘rinishlari bor bo‘lib, ular kishining o‘zi, mol-dunyosi, farzandlari, millatini boshqalardan afzal bilib, bu yo‘lda ashaddiy ravishda kurashishi demakdir. Mo‘tabar manbalarimizda ota-bobolari va o‘zining nasabi bilan faxrlanish tuyg‘usi kishini do‘zaxga tortadi deb ta’kidlangan.

Mutaassiblik turlaridan biri bu diniy mutaassiblikdir. Diniy mutaassiblik deganda, ma’lum bir dinda asos bo‘lgan, ushbu din vakillari amal qiladigan ta’limot va qoidalarga qarshi chiqish, diniy tushunchalarni shariat ko‘rsatmalariga zid ravishda o‘zicha talqin qilib, boshqalarni unga ergashishga chorlash nazarda tutiladi. Diniy mutaassiblikning eng katta xatarlaridan biri bu, dinlararo muloqotga rahna solishdir.

Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qur’on va Sunnatda kelgan ta’limotlarga zid ravishda o‘z fikriga ergashishni qattiq qoralanadi. Dinda haddan oshish deganda shariat belgilab qo‘ygan chegaradan chiqib ketish tushuniladi. Bu ish aqidada bo‘lsin, so‘z yoki amalda bo‘lsin, baribir. Bu borada Alloh taolo Baqara surasida  “Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o‘shalar, ana o‘shalar, zolimlardir”, deb marhamat qiladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo‘linglar. Chunki, sizlardan oldin o‘tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar. 

Shunday ekan, bugungi kundagi ko‘plab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Xulosa o‘rnida, bu kabi muammolarning yechimi sifatida Faqih doktor Vahba Mustafo Zuhayliy janoblarining ushbu so‘zlarini keltirish bilan yakunlaymiz: “Islom mo‘tadil din bo‘lib haqiqatlardan birortasida chetga chiqishga yoki haddan oshishga yo‘l qo‘ymasligini anglatadi. Islomda va boshqa dinlarda dinda haddan oshish ham, e’tiqodda bir taraflama va g‘ayritabiiy bo‘lish ham, haddan tashqari qattiq olish ham, juda bo‘sh qo‘yib yuborish ham yo‘q…”. 

Alloh ta’olo barchamizni haq yo‘ldan adashtirmasin.

Kosonsoy tumani "Sodod" jome masjidi imom-xatibi

Bahodir Mirfayziyev

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA