Joriy yilning 11-14 dekabr kunlari Farg‘ona viloyatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi va viloyat hokimligi bilan hamkorlikda otinoyilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarni O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, Xalqaro Islom akademiyasi doktorantlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlaridan iborat mutaxassislar tarkibi olib bordilar. Dastur asosida ma’ruzalar, davra suhbatlari o‘tkazildi. O‘quv-seminar dolzarb mavzularga boy savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tdi.
Otinoyilarimizning kelgusi faoliyatlarida bu o‘qishlarning samarasi, albatta, ko‘rinadi. Ular ko‘rsatilayotgan e’tibordan yanayam ruhlanib, muhtaram yurtboshimizga, muftiy hazratlariga va barcha tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Kelgusida Vatan taraqqiyoti, jamiyatimiz va diniy-marifiy sohada o‘z kuch va salohiyatlarini ayamasliklarini ta’kidladilar.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Savol: Hadisda “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi”, deyilganini o‘qidim. Hadisdagi ushbu kenglikdan murod nima?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Haqiqatda, hadisi shariflarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki Ashuro kunida ahli ayoliga kenglik qilsa, Alloh unga yil davomida kenglik qiladi", deb marhamat qilganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).
Ulamolar mazkur hadislardagi kenglikni yeb ichish, kiyim-kechak va boshqa narsalarda kenglik qilishni iroda qilingan deganlar. Ya’ni odamlar shu kuni oila a’zolariga xuddi bayramlardagi kabi, balki undan ham yaxshiroq mo‘l-ko‘lchilik qilib bersalar, Alloh taolo ularga yil davomida kengchilik qiladi, deb tushunish mumkin. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi