Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Imom Avzoiy rahimahulloh bunday deganlar: «Umar ibn Abdulaziz bizga maktub yozdi. U maktubni faqat men va Makhul yodlab oldik. Unda shunday deyilgan:
«Ammo ba’d. Kim o‘limni eslashni ko‘paytirsa, dunyodan ozgina narsaga rozi bo‘ladi. Kim gapini amalidan deb hisoblasa, gapi ozayib, faqat foydasi bor narsalar xususida gapiradigan bo‘ladi. Vassalom».
*****
Harom haromligicha qoladi, garchi hamma uni qilayotgan bo‘lsa ham. Hech qachon halol ishdan to‘xtamagin, garchi uni bir o‘zing qilayotgan bo‘lsang ham.
*****
Duo hech qachon quruq ketmaydi:
*****
Allohning zikri bilan tili nam bo‘lgan banda, dili band bo‘lgan banda zinhor va zinhor yomonlikka qo‘l urmaydi!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
*****
Ali roziyallohu anhu: “Dunyo va oxirat mashriq bilan mag‘rib kabidir. Agar ulardan biriga yaqinlashsang, boshqasidan uzoqlashasan” dedilar.
“Robiy’ul abror”
*****
Qancha ko‘p gapirsang, shuncha ko‘p xato qilaverasan. Ammo Allohni qancha ko‘p zikr qilsang, gunohlaring ham shuncha ko‘p o‘chirilaveradi.
*****
Kim bir yolg‘on gapni gapirsa, u juda ulkan jinoyatni amalga oshiribdi. U endi shu bitta yolg‘onini himoya qilish, yashirish uchun yana yigirmata yolg‘on gap ishlatadi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Tekis yo‘l mohir haydovchini yetishtirib bermaydi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Ota degani faqat farzandning dunyoga kelishiga sabab bo‘lishning o‘zini anglatmaydi. Bu ishni boshqa jonzotlar ham qila oladi. Lekin ota o‘sha farzandlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni yaxshilab tarbiya etishni ham anglatadi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Haq – botilni rivojlantirishga o‘rganib qolgan kimsalarni bezovta qiladi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Yaxshi nomga ega bo‘lish uchun 20 yil kerak bo‘lsa, shu nomni bulg‘ash uchun 5 daqiqa yetarli.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Madaniyatli, ziyoli bo‘lishdan oldin hurmat qiluvchi bo‘ling! Chunki hurmat qilish madaniyatning yarmidir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov