Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyul, 2025   |   14 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
09 Iyul, 2025, 14 Muharram, 1447

Qrimdagi yirik masjid

19.07.2023   1643   1 min.
Qrimdagi yirik masjid

Shu kunlarda Qrimdagi Simferopol masjidi qurilishi yakunlanmoqda. Obodonlashtirish ishlari 90 foizga bajarildi, ichki pardozlash ishlari davom etmoqda. Uni sentyabr' oy oxiriga qadar tugatish rejalashtirilgan. Mazkur masjid 2016 yildan buyon  qurilmoqda.

Qrim Respublikasi rahbari Sergey Aksyonovning so'zlariga ko'ra, ushbu masjid Qrim va Simferopolning asosiy Juma masjidiga aylanadi.

Masjidning umumiy maydoni 2 ming kvadrat metr. 4 ming kishiga mo'ljallangan. Asosiy xonaqoh 1,5 ming kishini sig'diradi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Salovat aytganning darajasi

08.07.2025   2985   1 min.
Salovat aytganning darajasi

Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.  
 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati).  Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:

اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد


Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad


Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!” 

Ruhiddin Akbarov,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi

Ibratli hikoyalar