Angliyaning Oldxem shahri musulmon jamoasi yangi masjid qurilishi uchun mablag' yig'ishning noodatiy usulini tanladi. Ular Buyuk Britaniyadagi eng baland Snoudon tog'iga jamoaviy chiqish aktsiyasini uyushtirdi. Bu bilan yangi masjid uchun 40 ming funt sterling yig'ishga erishildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar: "Birgina gunohim uchun besh oy tahajjuddan mahrum bo‘ldim". “U qaysi gunoh edi?” deb so‘rashdi. "Yig‘lab duo qilayotgan kishini ko‘rib, ichimda: "Bu kishi riyo qilyapti", degandim…".
Imom Makhul rahmatullohi alayhi: "Bir kishini namozda ruku’ va sajda qilib, yig‘layotganini ko‘rdim va ichimda "u riyo qilyapti!" deb unga tuhmat qildim va o‘zim bir yil yig‘lashdan mahrum bo‘ldim".