Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Sentabr, 2025   |   29 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:51
Quyosh
06:09
Peshin
12:21
Asr
16:34
Shom
18:26
Xufton
19:38
Bismillah
21 Sentabr, 2025, 29 Rabi`ul avval, 1447

Nishonga urilgan gaplar: “ Agar seni tanqid qilib turuvchi topilmasa, ko‘p hollarda sen muvaffaqiyatga erisholmaysan”

26.11.2018   5804   3 min.
Nishonga urilgan gaplar: “ Agar seni tanqid qilib turuvchi topilmasa, ko‘p hollarda sen muvaffaqiyatga erisholmaysan”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

*****

To‘qnashuvlar sodir bo‘lganda (ishonib yurgan odaming asl basharasini ko‘rsatganda) siqilma. Agar o‘sha to‘qnashuv yuz bermaganda, uzoq muddat aldanib yurgan bo‘lardik. To‘g‘ri, to‘qnashuvlar yurakni ezadigan narsalar bo‘ladi, lekin ular rost narsalardir.

Doktor Mustafo Mahmud

*****

Senga birovni chaqqan kimsa seni ham birovga chaqadi. Senga boshqalar haqida xabar keltirgan kimsa boshqalarga ham sen haqingda xabar olib boradi. Sendan rozi bo‘lib turganda seni o‘zingda yo‘q fazilatlar bilan maqtaydigan kimsa sendan g‘azablanganda seni o‘zingda yo‘q illatlar bilan ayblaydi.

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

*****

Agar seni tanqid qilib turuvchi topilmasa, ko‘p hollarda sen muvaffaqiyatga erisholmaysan.

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

*****

Agar Allohga duo qilmoqchi bo‘lsang va vaqt ziq bo‘lib, hojatlaring tiqilib ketgan bo‘lsa, qiladigan duoingning hammasi Allohdan seni afv qilishini so‘rash bo‘lsin! Chunki, agar Alloh seni afv qilsa, sen so‘ramasang ham hojatlaring ravo bo‘ladi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Poraxo‘rlik keng tarqalgan davlatda istagan ishingni qila olasan.

Sulton Sulaymon Qonuniy

*****

“Puli ko‘p odamning tashvishi bo‘lmaydi. Shuning uchun faqat puldor insonlarning ko‘ngliga kulish, tabassum qilish sig‘adi”, degan gap noto‘g‘ri.

Baxt pulning ko‘pligida emas. Inson o‘zini baxtli his qilish uchun hamyonida yoki bankdagi hisob raqamida ko‘p pul bo‘lishi shartmas. Baxt - Allohning taqsimiga rozi bo‘lishdadir.

*****

Albatta, Din aytiladigan so‘z va amal qilinadigan sulukdan iboratdir. Agar so‘z sulukdan ajrasa, uzilsa, aytilayotgan nasihat, qilinayotgan da’vat zoye bo‘ladi.

Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy

*****

Agar hayot senga tushkunlikka tushishing uchun bitta sabab keltirsa, sen hayotni davom ettirish uchun mingta sabab keltir. Yer yuzida inson irodasidan ko‘ra quvvatli narsa yo‘q.

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

*****

Bu hayot sening xafaligingni aritish uchun to‘xtab turmaydi. Yo sinishingga qaramay yo‘lingda davom etasan yoki yiqilgan joyingda bir umr qolib ketasan.

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

*****

Ko‘pchilikka emas, To‘g‘ri Yo‘lga ergash!

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

*****

Albatta, bu kunlar ko‘p sabr va sukutni talab qiladi.

Shamsiddin Tabriziy rahimahulloh

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Muftiy hazratlari: "Musulmonlarning o‘zaro ahil hayot kechirishlari dinimiz amridir”

19.09.2025   6987   1 min.
Muftiy hazratlari:

Bugun, 19 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi "Rakat" jome masjidida ado etdilar.

Muftiy hazratlari juma namozidan oldin yig‘ilgan jamoatga mav’iza qilib berdilar. Musulmonning musulmonga ehtiromi mavzusida qilingan go‘zal suhbat davomida Alloh taolo inson zotini azizu mukarram etib, borliqdagi barcha narsani insonga xizmat qildirib qo‘ygani, shunday ekan, insonlar ham o‘zaro ahl-inoq, mehr-muhabbatli, bir-birlariga doimo yordamchi bo‘lib hayot kechirishlari dinimiz amri ekani eslatib o‘tildi.

Ma’ruza asnosida Qur’oni karim va hadisi shariflar keltirib o‘tildi. Jumladan, mashhur sahobiy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan keltirilgan hadisda bunday deyiladi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ka’ba atrofida tavof qilayotganlarini ko‘rdim. U zot Ka’baga qarab bunday der edilar: "Sen va sening hiding qanday ham go‘zal! Sen qanday ulug‘san va sening hurmating qanday buyuk! (Lekin) Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh nazdida mo‘minning hurmati sening hurmatingdan ham ulug‘dir" (Imom Ibn Moja rivoyati). 

Musulmon kishining Alloh nazdidagi hurmati mana shunday baland ekan, o‘zaro hurmat-ehtiromi ham shunga monand bo‘lishi ta’kidlandi. Manfaatli suhbat yakunida butun dunyo musulmonlari, xususan, xalqimizning o‘zaro ahil-inoqligi bundan ham ziyoda bo‘lishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Muftiy hazratlari:
Yangiliklar