Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Fevral, 2025   |   9 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:27
Peshin
12:42
Asr
16:06
Shom
17:51
Xufton
19:06
Bismillah
08 Fevral, 2025, 9 Sha`bon, 1446

Hadis ilmi maktabiga qabul imtihonlari boshlandi.

22.11.2018   3084   2 min.
Hadis ilmi maktabiga qabul imtihonlari boshlandi.

Bugun, 22 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Hadis va mustalahul hadis”va “Arab tili” fanlari bo‘yicha ijodiy imtihonlar boshlandi.

Qabul imtihoni jarayonlari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida o‘tkazilmoqda.

Imtihonlar boshlanishidan oldin Qur’on tilovati va duo-i xayrlar qilindi. So‘ngra Hadis ilmi maktabi rektori Olimxon Yusupov kirish so‘zi bilan boshlab, maktabning Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgani, Hadis maktabining maqsad va vazifalari, talabalarga qo‘yilayotgan yuqori darajadagi talablar haqida tushuntirib berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri Salohiddin Sherhonov Muftiy hazratlarining tabriklarini abituriyentlarga yetkazib, qabul imtihonlarining tartib-qoidalarini tushuntirib berdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston musulmonlari idorasi qabul hay’ati tomonidan tayyorlangan, maxsus qoplarlardagi imtihon materiallari abituriyentlar va ota-onalar guvohligida ochildi.

Ijodiy imtihonlarga O‘zbekiston halqaro islom akademiyasi va Toshkent islom institutining tajribali pedagog-o‘qituvchilari jalb qilindi.

Abituriyentlarni saralab olishda arab tilini puxta o‘zlashtirgan, hadislarni yod olishga qobiliyati bo‘lgan, Qur’oni karimni yod olganlik kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qabul jarayonlari uchun Toshkent islom institutida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Hadis ilmi maktabiga abituriyentlarni qabul qilish bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 23 noyabr kuni Toshkent islom instituti binosida o‘tkaziladi.

O‘MI Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ustozlar ibrati

6.02.2025   4677   1 min.
Ustozlar ibrati

Uchtepa tumanidagi 193-maktabda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Ustoz Homidjon domla Ishmatbekov ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Ushbu uchrashuvda dunyoviylik, ibodatda ko‘r-ko‘rona taqlidning salbiy jihatlari hamda ne’matlar shukri ila ziyoda bo‘lishi haqida shuningdek, farzand tarbiyasi oiladagi eng oliy qadriyat ekanligi  va ota-onaning farzandlarga o’rnak va ibrat bo’lishidagi muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tildi. Ma’ruza davomida farzandlarni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, ularni sog‘lom e’tiqodli qilib tarbiyalashdagi har bir ota-onaning o‘rni kabi muhim mavzularda ham  fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir so‘ngida  aholi tomonidan  ijtimoiy, aqidaviy hamda mazhabsizlikning salbiy oqibatlariga doir berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

marifiymarkaz

Ustozlar ibrati Ustozlar ibrati
O'zbekiston yangiliklari