Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
— Robbing kim?
— Alloh.
— Payg‘ambaring kim?
— Muhammad sollallohu alayhi vasallam.
— Dining nima?
— Islom dini.
Ey Alloh! Bizni savol-javob paytida sobit qilgin!
*****
O‘ng tomonga qarab yotish to‘la orom olishga, yurak faoliyati yaxshilanishiga, tushda buzilish bo‘lmasligiga, bomdodga oson turishga sabab bo‘lar ekan. Eng asosiysi — Sunnatga amal qilingani uchun savob olinadi. Nabaviy ko‘rsatmalar baxt-saodat omilidir.
*****
Sabr - hayotning “qulog‘i”ga: “Modomiki, Alloh men bilan birga ekan, hargiz yengilmayman” deb shivirlashingdir.
Xovatir roqiya jurnali”
*****
Ehtimol, zolim zulm bilan ko‘p narsaga ega bo‘lar. Lekin mazlumning duosi bilan hamma narsasidan ajraladi.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Agar yolg‘iz turganimda nasihat qilsangiz, chindan nasihat qilgan bo‘lasiz. Agar ko‘pchilikning ichida nasihat qilsangiz, sharmanda qilgan bo‘lasiz.
*****
Odam bolasiga ajablanaman:
Molning barchasini to‘playdi. Keyin barchasini dunyoda qoldirib ketadi. Keyin oxiratda barchasi uchun hisobga tortiladi.
*****
Imom Shofeiy rahimahulloh shunday dedilar: «Tavoze’ oliyjanob insonlarning xulqlaridandir. Takabburlik pastkashlarning illatlaridandir. Tavoze’ muhabbatning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Qanoat rohatning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi».
*****
Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu qullari bilan birga ovqatlanardi. Tanimagan odam u kishini qullari orasidan ajrata olmasdi.
*****
Oqila ayol eriga aytadigan har bir gapiga shakar qo‘shib gapiradi.
Oqila ayol eriga aytadigan har bir gapidan tuzni olib tashlab gapiradi.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Agar bir insonning xulqini bilmoqchi bo‘lsang, rahbarlari bilan qanday muomala qilishiga emas, balki, o‘zidan quyiroqdagilar bilan qanday muomala qilishiga qara!
*****
Kim yaxshi ko‘rganidan xabar olmoqchi bo‘lsa, uning uchun masofalarning hech qanday ahamiyati yo‘q.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Uch narsa hayotga bo‘lgan qarashingizning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi:
*****
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu dedilar: “Agar qalblarimiz pok bo‘lganda, Robbimizning Kalomiga to‘ymagan bo‘lardik”.
*****
Odamlar haqida hukm qilishga shoshilma! Agar shoshilib hukm qilsang, aziz kishiga zulm qilib, arzon kimsaning qadrini ko‘tarib qo‘yasan.
*****
Insonlarning barchasini rozi qilish yetib bo‘lmas orzudir. Shunday ekan, bor g‘aming Robbingni rozi qilish bo‘lsin!
*****
Bilasizmi...
Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida tabarruotlar (xayr-sadaqalar) bilan to‘la ko‘cha bor. Har qanday muhtoj kishi qiynalmasdan olishi uchun odamlar kiyimlarini va poyabzallarini yo‘l chetiga osib qo‘yishadi.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
— Dada, anavilar axlatchilarmi?
— Yo‘q, bolam. Axlatchilar bizmiz. Ular esa ko‘chalarni biz tashlagan axlatlardan tozalovchilardir.
*****
«Iye, manavining burni puchuq ekan», «Bo‘yni qara, naynov ekanmi», «Mana bu odam pakana ekan»...
Kimning ustidan kulyapsiz?! Maxluqning ustidanmi yoki Xoliqning ustidanmi?!
*****
Bilasizmi...
Agar siz burgutning ko‘zidek ko‘zga ega bo‘lganingizda, o‘n qavatli binoning balandligidagi tomdan turib yerdagi chumolini ko‘rishga qodir bo‘lar edingiz.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Tananing kasalligi og‘riqlar bilandir. Qalblarning kasalligi gunohlar bilandir. Tana kasal bo‘lgan paytda taomning mazasini sezmaganidek, gunohlardan qoraygan qalb ibodat halovatini sezmaydi.
*****
«Kahf» surasidan olingan ibrat
Bas, yaxshilik, xayriyat Alloh taolo ixtiyor qilgan narsadadir!
*****
— Barcha tomonlari berk to‘rt devor orasida bo‘lganimda, rizqim qayerdan kiradi?
— O‘lim farishtasi kiradigan joydan!
*****
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini kengaytirish va eksportda keng qo‘llanilayotgan SMIIC standartlari bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Ishtirokchilarga SMIIC standartlari talablari, sinov metodlari, audit va sertifikatlashtirish jarayonlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berilib, "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi laboratoriyalarida mahsulotlar sinovini amalga oshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi ulamosi Hikmatulloh domla Toshtemirov hamda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash idoralari xodimlari ham ishtirok etdi.