Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2025   |   23 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:03
Peshin
12:23
Asr
16:43
Shom
18:36
Xufton
19:49
Bismillah
15 Sentabr, 2025, 23 Rabi`ul avval, 1447

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabassum qilgan holatlar

15.11.2018   10421   2 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabassum qilgan holatlar

Badaviy bilan suhbat

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’bai muazzamani tavof qilayotib, bir sahroyi kishining “Yo Karim!” deganini eshitdilar va uning so‘zini takrorladilar. Sahroyi kishi Mezob tomonga o‘tib yana: “Yo Karim!” – degan edi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham “Yo Karim!” – dedilar. Shunda sahroyi kishi u zotga qarab: Ey go‘zal yuz, ko‘rkam qomat sohibi! Meni masxara qilmoqchimisan? Allohga qasam, bir mo‘min banda bo‘lmaganingda edi, sen to‘g‘ringda Muhammadga (alayhissalom) shikoyat qilardim. U zot tabassum qildilar va: Payg‘ambaringni taniysanmi? – dedilar.

Sahroyi kishi: – Yo‘q, – deb javob berdi.

– Unda qanday qilib imon keltirgansan?

– Uni ko‘rmagan bo‘lsam­da, payg‘ambarligiga imon keltirdim va yetkazganlarini tasdiqladim.

Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarini tanishtirdilar. Sahroyi kishi hayajonini yashirolmadi. Xijolat chekib, Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam muborak qo‘llarini o‘pmoqchi bo‘ldi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Shoshma, ey mo‘min banda, ajamlar o‘z podshohlariga shunday muomala qilishadi. Mutakabbirlik menga xos emas. Alloh meni bashorat berguvchi va ogohlantiruvchi qilib yuborgan”, dedilar.

Barchaga tabassum qilardilar

Jarir roziyallohu anhu Rasululloh alayhissalomning ishonchlarini qozongan, u zotning huzurlariga to‘siqsiz kira olar edi. Nabiy alayhissalom Jarir roziyallohu anhuni har ko‘rganlarida tabassum qilardilar. Bu haqda Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: Men musulmon bo‘lganimdan keyin qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rgan bo‘lsam, albatta yuzimga tabassum bilan qaraganlar” (Imom Buxoriy rivoyati). 

So‘nggi tabassum...

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Abu Bakr Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan oldingi bemorliklarida odamlarga namoz o‘qib berar edi. Toki, dushanba kuni kelib, ular namoz safida turganlarida, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hujraning pardasini ochdilar va tik turgan hollarida bizga nazar sola boshladilar. Yuzlari xuddi mus'hafning varag‘iga o‘xshash edi. So‘ngra tabassum ila kulimsiradilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar

QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARINI QABUL QILDI

14.09.2025   979   1 min.
QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARINI QABUL QILDI

11 sentyabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi, professor Ali Erbosh, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda, Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, bosh muftiy Navro‘zboy hoji Tag‘anuli va Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Abdulaziz qori Zokirov qatnashdi. 

Oliy darajadagi muloqotda muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salom va ezgu tilaklarini qardosh xalq Prezidentiga yetkazdilar. 

O‘z navbatida Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov janobi oliylari Muftiy hazratlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga samimiy salom va eng yaxshi tilaklarini yetkazib qo‘yishini so‘radi.

O‘zaro muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stu birodarlik, qo‘ni-qo‘shnichilik va yaqin hamkorlik aloqalari ravnaq topayotgani, oxirgi yillarda chegaralar ochilgani, natijada xalqlarimizning azaliy aloqalari yana bog‘langani ta’kidlandi. Bunday qulaylik va g‘amxo‘rlikdan barcha nihoyatda mamnun ekani aytib o‘tildi.

Turkiy davlatlar rahbarlarining sa’y-harakati bilan ilm-fan, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy-ma’rifiy jabhalarda munosabatlar rivojlanayotgani natijasida muftiylar ham birlashib, qardosh xalqlar hamjihatligi yo‘lida xizmat qilayotgani, xususan, Ramazon oyi, ikki hayit bayramlari birga nishonlanayotgani, zarur masalalarda kengashib, fatvo va bayonotlar e’lon qilinayotgani so‘zlandi.

Shuningdek, qardosh davlatlar rahbarlari tashabbusi bilan barcha sohalarda erishilgan mana shunday muvaffaqiyatlar mamlakatlarimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirayotgani alohida e’tirof etildi. 

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov qardosh xalqlar muftiylarining o‘zaro yaqin hamkorligi naqadar ahamiyatli ekani, bu esa mo‘min-musulmonlar manfaatiga xizmat qilishini ta’kidlab, Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishiga muvaffaqiyat tiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati 

QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARINI QABUL QILDI QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARINI QABUL QILDI QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARINI QABUL QILDI QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARINI QABUL QILDI QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARINI QABUL QILDI QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARINI QABUL QILDI QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARINI QABUL QILDI
Dunyo yangiliklari