☪️ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "...Albatta, haroratning shiddati jahannamning qaynab chiqqan issig'idandir", deganlar.
? Shunday ekan, jazirama issiq kunlarda ko'proq "Allohumma, ajirniy minan-naar" (Allohim, meni do'zaxdan saqlagin) deb duo qilishni unutmang!
‼️Yaqinlaringizga ham eslatishni unutmang
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Alloh azza va jalla (farishtalarga) aytadi: «Bandam biror yomonlikka shaylansa, uni yozmanglar. Agar uni qilsa, bitta yomonlik yozinglar. Agar biror yaxshilikka shaylansa-yu, uni qilmasa, bitta yaxshilik deb yozinglar. Agar uni qilsa, o‘nta (yaxshilik) yozinglar» (Imom Muslim rivoyati).