Avvalroq, 17 oktyabr kuni “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018” Respublika bosqichi 18-25 yoshlilar o‘rtasidagi hifz yo‘nalishi 1-o‘rin sohibi, Andijon shahridagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom bilim yurti talabasi Muhammadiso qori Mahmudovning Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasida o‘tkaziladigan "XIX Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi"da ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Musobaqaning dastlabki saralash bosqichi Moskva jome masjidida o‘tkazilgan. Musobaqa ishtirokchilarini Indoneziya, AQSH, BAA, Quvayt va Rossiya davlatlaridan kelgan hakamlar baholashgan.
Musobaqa g‘oliblari quyidagilar:
1-o‘rin: Yamanlik Abdul Xakim al-Ausaji;
2-o‘rin: Tunislik Muxammad Abdul Qadir;
3-o‘rin: BAAlik Valid al-Marzuki;
4-o‘rin: Bosniya va Gersegovina davlatidan Xaris Karpo egallagan.
Andijon shahridagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom bilim yurti talabasi Muhammadiso qori Mahmudov ham mamlakatimiz nomidan musobaqada ishtirok etdi hamda yuqori reyting ballari bilan faol ishtirokchilar qatorida qayd etildi.
Musobaqa ishtirokchilari uchun Moskvaning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Saidjamol domla MASAYITOV – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, Faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati