Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Mart, 2025   |   15 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:17
Quyosh
06:35
Peshin
12:37
Asr
16:43
Shom
18:33
Xufton
19:45
Bismillah
15 Mart, 2025, 15 Ramazon, 1446

Qozog‘iston Misrdagi masjid rekonstruksiyasi uchun 4,5 mln dollar ajratadi

20.10.2018   3105   1 min.
Qozog‘iston Misrdagi masjid rekonstruksiyasi uchun 4,5 mln dollar ajratadi

Qozog‘iston Respublikasi hukumati Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahridagi Sulton Boybars masjidi rekonstruksiyasi uchun 4,5 million dollar ajratdi. Bu haqda “Interfaks-religiya” agentligi xabar bermoqdi.

Hozirgi Qozog‘iston hududida tug‘ilgan Boybars 1260-1277 yillarda Misr va Suriyaning sultoni bo‘lgan. Uning davrida Qohira musulmon dunyosining markazi va abbosiylar xalifaligining poytaxtiga aylandi.

Azon internet nashrining yozishicha, Qohiradagi Sulton Boybars masjidi shaharning ikkinchi eng yirik masjidi hisoblanadi.

Masjidni rekonstruksiya qilish jami 12 million dollarga tushadi va ishlarni 18 oyda tugatish rejalashtirilgan.

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rizqning tashvishini qilma!

07.03.2025   3924   1 min.
Rizqning tashvishini qilma!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: Ey odamlar, Allohga taqvo qilinglar va (rizqni) chiroyli suratda talab qilinglar! Zero, biron nafs toki rizqini to‘la olmagunicha o‘lmaydi. Agar u (rizq) kechiksa, bas, Allohga taqvo qilinglar va uni go‘zal tarzda talab qilinglar, halolni olib, haromni tark etinglar!”, dedilar (Ibn Moja rivoyati).

Rizq borasida ko‘p o‘ylash bilan o‘zingni mashg‘ul qilma. Ajal belgilanganidek, rizq ham belgilab qo‘yilgan. Chunki Alloh taolo barcha xalqlarini, mo‘minlarini ham, kofirlarini ham, inslarini ham, jinlarini ham, barcha maxluqotlarini hech bir istisnosiz rizqlarini kafolatlab qo‘ygandir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta rizq bandani ajalidan ham ko‘proq qidiradi”, dedilar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Albatta Alloh taolo rizqlarni tezlashtiradi, kechiktiradi, keng qiladi, tor qiladi. Hikmatini Alloh biluvchiroqdir. “Alloh biladir, siz esa bilmassiz” (Baqara surasi, 216-oyat).