Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyul, 2025   |   14 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
09 Iyul, 2025, 14 Muharram, 1447

Shayx Muhammad Avvoma Hafizahulloh tadqiqot, tahqiq va ta’liq masalasida benazir

24.09.2018   3952   5 min.
Shayx Muhammad Avvoma Hafizahulloh tadqiqot, tahqiq va ta’liq masalasida benazir

Шайх Муҳаммад Аввома Ҳафизаҳуллоҳ тадқиқот, таҳқиқ ва таълиқ масаласида беназир


Islom dunyosining mashhur olimi shayx Muhammad Avvoma hazratlari yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi. 

Fazilatli ustoz, alloma, muhaqqiq, muhaddis shayx Muhammad ibn Muhammad Avvoma 1940 yil 1 yanvarda Suriyaning Halab shahrida tug‘ildi. Alloma asosiy ilm tahsilidan avval shayx Muhammad Salqiniy rahimahullohning dars halqalariga qatnashar edi. 

So‘ngra fazilatli alloma, shayx Abdulloh Sirojiddin hazratlaridan ta’lim ola boshladi. 1957 yildan esa alloma, fazilatli shayx Muhammad Abdulfattoh Abu G‘udda rahimahullohdan ham dars ola boshladi. 

Ushbu ikki ulug‘ allomalar Muhammad Avvomaning asosiy ustozlari bo‘lib, U ushbu ikki zotning xos va eng ilg‘or shogirdiga aylandi.
 
meditor_file_1537607343.jpg 

1962 yil Islom shariati kulliyotiga o‘qishga kirib, 1967 yil o‘qishni tamomlagach, ustozlari shayx Abdulloh Sirojiddin hazratlari tavsiyasiga ko‘ra Sha’boniya madrasasida dars bera boshladi. Shu yilning o‘zida uni ushbu madrasaga muallim va kutubxona boshlig‘i qilib tayinlashdi. 1979 yil Suriyadan ketguniga qadar ushbu madrasada ta’lim berib, ba’zi vaqtlarda ushbu madrasani boshqardi. 

Alloma Misrga safar qilib, u yerda ko‘plab katta allomalar bilan uchrashdi. Ular ichida: Shayx Ahmad ibn Siddiq G‘umoriy, shayx Abdulloh ibn Siddiq G‘umoriy, shayx Abdulvahhob Abdullatif, shayx Muhammad Abu Zahra rahimahumullohlar ham bor edi. 

Muhammad Avvoma hazratlari juda zakiy fahm va o‘tkir tafakkurga ega bo‘lib, Halab ahli uni bu xislatlarini munosib qadrlab, ikki buyuk alloma ustozlari qatorida ko‘rishar edi. 

Yosh yigitlik davridanoq, shayx “Raud” masjidiga ustozlikka tayinlangan bo‘lib, bu masjid o‘sha vaqtda ilm markazi hisoblanardi.
 
meditor_file_1537621819.jpg 

Muhammad Avvoma hazratlarining ustozi, alloma, shayx Abdulfattoh Abu G‘udda rahimahulloh u haqida shunday degan: “Muhammad Avvoma mening kechagi kunlardagi shogirdim va bugungi kundagi do‘stimdir”. Katta alloma zot, shogirdining ilmini munosib qadrlab, “Muhammad Avvoma – buyuk olim va tadqiqotchidir”, degan edi. 

Shayx Muhammad Avvoma 1980 yil Madinai munavvaraga ko‘chib o‘tdi. U yerdagi Islom universitetiga joylashib, “Payg‘ambar alayhissalom sunnatlari va siyratlari” nomli bo‘lim ochdi. 

Muhammad Avvomaning birinchi tahqiqi “Ittihoful muhra” kitobiga bag‘ishlangan edi. U 1986 yil Islom tarixi kulliyotiga asos soldi. 12 yil mobaynida “Dorul qibla” nashriyotida ham ishladi.
 
meditor_file_1537706622.jpg 

Alloma daqiq uslub va keng qamrovli fikrga ega bo‘lib, uning “Asar al-hadis ash-sharif fiy ixtilof al-aimma al-fuqaho” va “Adabul ixtilof fiy masoil al-ilm vaddiyn” kitoblari bu xislatlarini tasdiqlaydi. 

Allomaning jarh va ta’dilga oid fikrlari keng qamrovli va ajib misollardan iboratdir. 

Alloma tadqiqot, tahqiq va ta’liq masalasida benazirlardan bo‘lib, shayx Muhammad Said Tantoviy rahimahulloh u haqida “Olamda tadqiqot bo‘yicha biron bir kishini Muhammad Avvomadan ilmliroq ekanini bilmayman”, deb bejizga aytmagan edi. 

Allomaning “Asar al-hadis ash-sharif fiy ixtilof al-aimma al-fuqaho”, “Adab al-ixtilof fiy masoil al-ilm vad-din” nomli asarlari bir necha tillarga tarjima qilinib, Islomiy o‘quv yurtlarida darslik sifatida o‘qitiladi. 

meditor_file_1537706794.jpg 

Allomaning asarlari 

Musnadu Umar ibn Abdulaziz. Alloma ushbu kitobning hadislarini sharhlab, uning rivoyatlarini mukammallashtirib, hadislarning roviylarni yozgan. 

Al-Ansob lis-Sam’oniy. Ushbu asarning bir qismini sharh qilgan. 

Taqrib at-Tahzib. Hofiz ibn Hajar kitobi tahqiqi. 

Al-Koshif liz-Zahabiy. 

Majolisu ibn Nosiriddin ad-Dimashqiy. 

Min sihoh al-hadis al-qudsiyya. 

Al-muxtor min faroid an-nuqul val-axbor. 

Al-qavl al-badi’ fis-solati alal habib ash-shafi’ sollallohu alayhi vasallam. 

Sharhu Sunan Abu Dovud. Tahqiq va ta’liq qilgan. 

Shamoili Muhammadiyya. Imom Termiziyning kitoblari tahqiqi. 

Musonnaf ibn Abi Shayba. Tahqiq va taxrij va nasslarini quvvatlagan. Ushbu asar o‘n olti yillik mehnat samarasidir. 

Dirosatu hadisiyya. 

Xutuvot al-manhajiyya. 

Rivoya al-hadis ash-sharif bilma’no. 

Maolim al-irshodiyya lisano’a tolib ilm. 

Hujjiyatu af’oli Rasululloh sollallohu alayhi vasallam usuliyyan va hadisiyya. 

Tadrib ar-roviy. Tahqiq. 

Alloh taolo shayx Muhammad Avvoma hazratlarini O‘z panohida asrasin! 

Sunnatulloh Abdulbosit
Toshkent viloyati Sobirxon ota jome 
masjidi imom-xatibi
 

 

O‘zA
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Yetkazib berish kechikkani sababli qo‘shimcha taom berish

07.07.2025   5891   1 min.
Yetkazib berish kechikkani sababli qo‘shimcha taom berish

Savol: Ba’zi yemakxonlar taom yetkazib  berishni kechiktirgani uchun buyurtmadan tashqari qo‘shimcha taom taqdim etar ekan. Shu ish joizmi? Agar reklamada qo‘shimcha bepul taom berish emas, balki yetkazib berilgan taomning pulini olmaslik aytilgan bo‘lsa, hukm qanday bo‘ladi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

1. Taomga buyurtma berish bitimi shariatdagi istisno’, ya’ni buyurtma asosida ma’lum mahsulotni tayyorlab berish shartnomasiga to‘g‘ri keladi. Agar savoldagi shart faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida alohida bunday shart qo‘yilmasa, sotuvchi tarafidan berilgan bu va’da joiz hisoblanadi va unga vafo qilishi kerak bo‘ladi.

Agar buyurtma berishda yetkazib berish kechikishi sababli qo‘shimcha taom berish sharti qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Bitimdagi bunday shart moliyaviy jarima sanaladi. Mahsulot tayyorlab berish (istisno’) bitimida sotuvchiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llashga ruxsat etiladi.

Demak, qo‘shimcha bepul taom berish va’da ko‘rinishida bo‘lsa ham, shartnomada aks etgan bo‘lsa ham joiz ekan.

2. Yetkazib berish kechiksa, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida bunday shart qo‘yilmasa, bu ham sotuvchi tarafidan berilgan va’da bo‘ladi va joiz hisoblanadi. Ammo buyurtma berish jarayonida yuqoridagi shart qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Shartnomada esa buyurtma summasidan voz kechish shartini qo‘yish durust emas.

Demak, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik va’da ko‘rinishida bo‘lsa joiz, bitimda shart qilinsa, joiz emas. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi