Qirg‘iziston Respublikasining Kara Balta shahrida "Qur’on nuri" ayollar islom instituti qurilishi o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda ummamag.kg. sayti xabar berdi.
Ushbu ta’lim muassasasining ochilish marosimi sentyabr oyining oxiriga rejalashtirilgan. Hozirda ushbu muassasaning obodonlashtirish bilan bog‘liq ishlari qolgan.
Islom institutining qurilishi 2008 yilda Qirg‘iziston islom universiteti va Butunjahon musulmon yoshlari assotsiatsiyasi ko‘magida barpo etilmoqda. Hozirgi kunga qadar Qirg‘izistonda ayollarga oliy islomiy bilim beruvchi ta’lim muassasasi bo‘lmagan. Ushbu oliy o‘quv yurti dastlabkisi bo‘lishi aytilmoqda.
O‘MI Matbuot xizmati