Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Bolaga badgumon bo‘lmaslikni o‘rgating!

17.09.2018   2840   1 min.
Bolaga badgumon bo‘lmaslikni o‘rgating!

Islom dini insonni o‘z hayotida jamiyatdagi barcha  kishilar bilan yaxshi munosabatda, muomalada va go‘zal odob-axloqda bo‘lib yashashga chorlaydi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bizlarni doimo chiroyli gumonda bo‘lishimiz zarurligi haqida qayg‘urib shunday deb ogohlantirganlar: “Badgumonlikdan saqlaninglar, zero yomon gumon so‘zlarning eng yolg‘onidir”.

Hazrat Umar roziyallohu anhuning o‘g‘li Abdulloh aytadi: «Men Rasuli akram sollallohu alayhi va sallamni Baytullohni tavof qilayotganlarini va quyidagi hadisni aytganlarini ko‘rdim». Ul zot shunday dedilar: «Ey Baytulloh! Sen qanday ham yaxshisan! Hiding bunchalar ham xushbo‘y! Sen qanday ham ulug‘san! Sening hurmating qancha ham buyuk! Muhammadning joni Uning izmida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh huzurida mo‘minning qoni va molu-dunyosi Sening hurmatingdan ham ulug‘roqdir. Mo‘min haqida  faqat yaxshi gumonda bo‘linadi» (Imom Molik rivoyati).

Darhaqiqat mo‘min-musulmon kishi har doim o‘zgalarga ozor bermaslik va zulm qilib qo‘ymaslik uchun tilini, qo‘lini va qalbini yomon gumonda bo‘lishdan tiyadi. Yomon gumon, g‘iybat, bo‘hton, chaqimchilik, dinda g‘uluvga ketishlik jamiyat a’zolari o‘rtasidagi insonlar oromi va farog‘atiga zarar beradigan ijtimoiy illat va gunoh sanaladi.

Ulug‘ zohid Fuzayl ibn Iyoz aytadi: «Kim g‘iybatdan omonda bo‘lishni istasa, gumon eshiklarini mahkam berkitsin. Kim gumondan uzoqda bo‘lsa, do‘sti aybini axtarishdan omonda bo‘ladi. Kim birovning xatosini topishdan xoli bo‘lsa, u g‘iybatdan chetda bo‘ladi».

Imom Sufyon Savriy dedi: «Birodaring haqida yomon gumonda bo‘lishing uni zaharlab o‘ldirishing bilan tengdir».

Muslim ATAYEV,

Fatvo bo‘limi xodimi

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Uchtepa tumanida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

8.01.2025   2157   1 min.
Uchtepa tumanida

Bugun 2025 yil 8 yanvar kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Vatan" tantanalar majmuasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, islom dini ezgulik, tinchlik va insoniylik dini ekani, fazilatlar, azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib qilish, yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni to‘g‘ri tushuntirish, yurtimiz tinchligini asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikrlar bildirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida