Antarktida - Yer sayyorasining eng janubiy qit’asidir. Yuzasi 14 400 000 km² (shundan 98 foizi muz bilan qoplangan). Aholisi - muntazam yashovchilar yo‘q. Barchasi kelib-ketuvchi tadqiqotchilar, olimlar, sayyohlar bo‘lib, 1000 kishidan to 5000 kishigacha yetadi. Yer sayyorasidagi eng sovuq ob-havo Antarktidadagi "Vostok" stansiyasi yaqinida qayd etilgan bo‘lib, −89 °C bo‘lgan. Qit’adagi muzning qalinligi 1.6 kilometrga yetadi. Ya’ni siz Yer sathiga yetib borishingiz uchun qordan iborat muzni 1 yarim kilometrdan ko‘proq teshib kirishingiz kerak. Muzning bunchalik qalinlashishiga sabab yoqqan qorning sovuq havo ta’sirida erishga ulgurmay, ustiga yana qor yoqqanidir. Antarktida butunlay quruqlikdan uzilib, atrofi dengiz va okeanlar bilan o‘ralgan qit’adir.
Antarktidaning ushbu to‘liq tasvirlangan surati NASAning Goddard kosmik parvozlar markazi tomonidan olingan.
Vikipediya materiallari asosida Nozimjon Iminjonov tayyorladi
Alloma Muhammad Avvoma hafizahulloh:
"Haqiqiy oqillar muxoliflari bilan bog‘lab turuvchi rishtalarga qaraydilar:
Birinchisi: Odamgarchilik,
Ikkinchisi: Islom,
Uchinchisi: Ilm rishtasi".
Bu hikmatda, aqlli va ixlosli insonlar hatto o‘zlariga qarshi fikrda bo‘lgan odamlar bilan ham umumiy bog‘liqliklarni ko‘radilar. Ular odamiylik jihatidan baribir bir inson ekanligini, agar musulmon bo‘lsa, Islom birodarligi birlashtirishini va ilm rishtasi bilan ham bog‘lanishini anglaydilar. Bu esa ixtiloflar chekinib, hurmat, bag‘rikenglik va ijobiy munosabatlar uchun asos bo‘ladi.