Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

21.08.2018   4773   4 min.
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!
 

Yaratganga shukronalar bo‘lsinki, sanoqli kunlardan keyin qo‘shaloq Istiqlol va Iyd Qurbon hayiti bayramlarini nishonlaymiz. Bu bayramlarda biz musulmonlar uchun juda ko‘p yaxshilik va barakalar mujassam. Hozirgi oyimiz muborak zulhijja oyi bo‘lib, u savobli amallar mavsumi hisoblanadi. Shunday ekan, bu fazilatli kunlarni g‘animat bilib, ko‘proq xayrli ishlarda musobaqa qilmog‘imiz darkor.
So‘zim avvalida yurtimiz mo‘min – musulmonlarini kirib kelayotgan “Iydi Qurbon” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchaga o‘zimning eng samimiy tilaklarimni bildirib qolaman. Alloh taolo vatanimizni obod, osmonimizni musaffo, xalqimiz hayotini doimo tinch va farovon aylasin.
Bayram bilan tabriklar ekanman, bu ulug‘ kunlarda qilishimiz kerak bo‘lgan ba’zi xayrli amallarni eslatib o‘tishni o‘rinli deb topdim. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda: “Eslating! Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat yetkazur”, degan. (Zariyat surasi, 55–oyat).
Ulamolar Qurbon hayiti bayrami kunlarida quyidagi amallarni qilishni tavsiya qiladi.
1. Musulmonlarning qalbiga xursandchilik solish.
Ha azizlar! Bunday ulug‘ bayramlarga xursandchilik yarashadi. Chunki Alloh taolo: “Ayting: “Allohning fazli va rahmati bilan, bas, (albatta), shular sababli (mo‘minlar) shodlansinlar!”, deydi. (Yunus surasi, 58–oyat). Istiqlol ne’mati va Qurbon hayiti bayramlari Allohning biz bandalarga bergan katta marhamati va fazlidir. Bu kunlarda hammamiz shod, yaxshi kayfiyatda bo‘lishimiz kerak. Ayniqsa, yo‘qlovchisi yo‘q, muhtojlar insonlarni xursand qilishga ko‘proq e’tibor qaratishimiz lozim.
Kishining hayotdan rozi bo‘lib yashashi, atrofdagilarga tabassum bilan qarashi va ularning qalbiga surur bag‘ishlovchi so‘zlarni aytishi eng mahbub amallardan hisoblanadi. Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam bu borada: “Mo‘min (qalbi)ga xursandchilik solib, ustiga kiyim berishing, qornini to‘ygazishing va hojatini ravo qilishing eng afzal amaldir”, deganlar. (Tabaroniy rivoyat qilgan). Hadisi sharifga muvofiq kimda – kim arazlashib, urishib qolgan bo‘lsa, mana bu kunlarning hurmatidan adovatni bir chetga qo‘yib, yarashib, murosaga kelishlari lozim.

1. Hadya berish.

Yuqorida hayit kunlarini xurchandchilikda o‘tkazish haqida so‘z yuritildi. Xursandchilikka sabab bo‘ladigan amallardan biri o‘zaro hadyalashishdir. Bu haqida Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam aytadilar: “Hadyalashing bir – birlaringizga muhabbatli bo‘lasizlar”. (Imom Buxoriy “Adab”da rivoyat qilgan). Boshqa hadisda: “Hadyalashing! Chunki u qalbdagi g‘illi–g‘ashni ketkazadi”, deganlar. (Termiziy rivoyat qilgan) Demak, hadyalashish insonlar o‘rtasiga mehr – muhabbat solib, gina–kudratlarni ketkazishga ko‘mak berar ekan.

2. Zaiflarga kengchilik yaratib berish.

Bu yerda zaiflardan murod qariyalar, ayollar va yosh go‘daklar. Ularga ham hayit kunlari e’tiborni kuchartirishimiz, kengchiliklar yaratib, dillarini xushnud etmog‘imiz lozim. Bu sinfga qancha yaxshilik qilganimiz sari, Alloh taolo yana yaxshilik va rizqlarimizni ziyoda qiladi. Zero, Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam: “Albatta, zaiflaringiz sababli sizlarga yordam va rizq beriladi”, deganlar. (Imom Ahmad rivoyat qilgan).
Bayram bolaniki. Hayit kunlari bolalarga turli hadyalar, hayitliklar berib, ularni ham xursand qilishimiz kerak. Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam nabiralari Hasan va Husayn roziyallohu anhularni hayit kunlari xursand qilganlari va ular bilan birga o‘ynaganliklari haqida juda ko‘p rivoyatlar bor. Jumladan, Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda aytiladi. Ul zot: “Men Hasan va Husayn roziyallohu anhularni Nabiy sollalohu alayhi vasallamning yelkalariga (opichlagan holda) ko‘rdim. Bas, aytdimki: “Tagingizdagi ot qanday ham yaxshi!” Nabiy sollalohu alayhi vasallam: “Ikkisi qanday yaxshi chavondozdir”, dedilar. (Abu Ya’lo rivoyat qilgan).

3. Bemorlar holidan xabar olish.

Shu kunlarda mehrga muhtoj, bir og‘iz shirin so‘zga tashna bemor insonlarni holidan xabar olib, ziyorat qilish ham katta savobli amallardan. Hadislarda: “Bir musulmon musulmon birodarini ziyorat qilsa, to qaytguniga qadar jannat bog‘ida bo‘ladi”, deyilgan. (Imom Muslim rivoyat qilgan).

4. Silai rahmda bo‘lish.

Hayit kunlari qarindoshchilik aloqalarini mustahkam qilib, bordi – keldilarni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Keyingi paytlarda qarindoshchilik aloqalari biroz sustlashgandek tuyilmoqda.
Silai rahmni avvalo ota – onadan boshlashimiz kerak. Ayniqsa, uzoq qarindoshlarni ziyorat qilib, hol so‘rashimiz lozim. Zero, silai rahm insonni umri va rizqiga baraka kirgizadigan amallardan hisoblanadi. “Kim rizqi keng, umri uzoq bo‘lishini yaxshi ko‘rsa, silai rahmda bo‘lsin”, – dedilar. (Muttafaqun alayh).
Yana bir ayom barchamizga muborak bo‘lsin.

Andijon viloyat bosh-imom-xatibi

Nuriddin domla Xoliqnazarov

 

O‘MI matbuot xizmati 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi

8.01.2025   2974   1 min.
Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi

Shu yil 3-7 yanvar kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 237 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.


O‘quv-mashg‘ulotlari maxsus reja va dars jadvali asosida bo‘lib o‘tdi. Darslar zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol uslublar yordamida o‘tildi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari, yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan ma’ruzachilar taklif qilindi. 


Malaka oshirish davomida pedagog-o‘qituvchilarning davlat va din munosabatlari, o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishda bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, talabalar orasida mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 


Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi