Yurtimizdagi jome masjidlarda 2023 yil 28 iyun' chorshanba kuni Qurbon hayiti namozini o'qish vaqtlari ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda shu yil 28 iyun' kuni ertalab soat 05:15 da Qurbon hayiti namozi o'qiladi.
Respublikamizning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlar tafovutini inobatga olgan holda ado etiladi:
1. Andijon 05:10
2. Namangan 05:10
3. Farg'ona 05:10
4. Toshkent sh. 05:15
5. Toshkent v. 05:20
6. Sirdaryo 05:25
7. Jizzax 05:30
8. Samarqand 05:35
9. Navoiy 05:40
10. Qashqadaryo 05:40
11. Buxoro 05:40
12. Surxondaryo 05:40
13. Horazm 05:50
14. Qoraqalpog'iston Res. 05:50
Ushbu jadvalda ko'rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20-25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @Muftiy_Nuriddin_domla | @mp3muslim | @diniysavollar
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ba’zi oilalarda ko‘radigan holatlarimizdan biri, agar ayol kasal bo‘lib qolsa, eri uni ayolning uyiga olib borib qo‘yadi. Tuzalganidan keyin esa o‘zining uyiga qaytarib olib keladi. Bunday ish tutish muruvvat sohiblariga aslo yarashmaydigan ishdir. Bunda ayolning nafsiga aziyat berish bordir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu Badr g‘azotida qatnashmadilar, g‘oib bo‘ldilar. Chunki u zotning ayollari Ruqayya binti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq betob edilar...
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga: “Senga Badrga qatnashgan va o‘q otgan kishining ajri bo‘lur”, deganlar.
Endi o‘ylab ko‘r, Alloh seni va meni rahm qilsin, Nabiy sollallohu alayhi vasallam qanday qilib (bemor) ayolini yonida bo‘lish va unga qarashni Allohning yo‘lidagi mujohidning ajri bilan teng o‘ringa qo‘yganlariga qara!
Har qanday jangchi emas, balki Badrda ishtirok etgan jangi bilan (teng o‘ringa qo‘ydilar). Alloh taolo Badr ahliga nazar solgan va bu g‘azot haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam as’hoblariga qarata: “Alloh Badr ahliga qarata “Istaganingizni qiling, sizlarni mag‘firat qildim” dedi”, degan edilar.