O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Nasr ijodiy kengashida yozuvchi Abdujalol Rahimning “Abu Ali ibn Sino” romani birinchi kitobining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda adabiyotshunoslar Mahkam Mahmud, Qozoqboy Yo‘ldosh, Ra’no Isomiddinova, yozuvchilar To‘lqin Hayit, Isajon Sulton, Risolat Haydarova ishtirok etdilar.
Abdujalol Rahim bir necha yillardan buyon o‘zining hikoya, qissalari bilan respublika gazeta va jurnallarida faol ishtirok etib keladi. Uning “Lomakon”, “Mugat folbin”, “Yo‘lda ketayotgan odam”, “Tog‘ go‘zali” kitoblari o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan.
– Abdujalol Rahim Ibn Sino hayoti, faoliyati, ijodi bilan yaqindan tanishganligi sezilib turibdi, – dedi Nasr kengashi raisi, taniqli yozuvchi Abduqayum Yo‘ldosh. – Bu haqda muallifning o‘zi ham “ulug‘ tabibning hayotini o‘rganib, tiynati, ko‘ngil kechinmalarini his qila boshladim”, deb yozadi asarning so‘ngso‘zida. Mana shu tuyg‘u ta’sirida bo‘lsa kerak, umuman olganda asar, qahramoniga nisbatan samimiy ehtirom, muhabbat bilan yozilgan.
Abu Ali ibn Sino romanining birinchi kitobi ulug‘ tabib, faylasufning Buxorodagi hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan. Asar Nasr kengashi tomonidan chop qilishga tavsiya etildi.
Shuningdek, mamlakatimiz ijodkorlari o‘z asarlarida zamonamiz qahramonlarining qiyofasini yaratish bilan birga, yurtimizda tug‘ilib voyaga yetgan buyuk tarixiy shaxslar hayoti va ijodiga ham murojaat etmoqda. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-2019 yillar davomida yaratiladigan ana shunday asarlar uchun tanlov ham e’lon qilindi.
Ushbu maqolalarda xalqimiz 30 yildan ko‘p kutgan, mamlakatimiz futboli tarixida yangi sahifa ochgan kun e’tirof etilgan. Aniqrog‘i, futbol bo‘yicha Jahon chempionati Osiyo qit’asi 3-saralash bosqichi 9-turida O‘zbekiston terma jamoasi safarda Birlashgan Arab Amirliklari termasiga qarshi o‘yinda 0:0 hisobidagi durangga erishib, ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani ta’kidlangan.
Mualliflar jahon chempionatiga chiqish ulkan muvaffaqiyat sifatida nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar va federatsiyaning ham yutug‘i ekaniga urg‘u bergan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA