Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Qalbni yumshatib, ko‘z yoshlarni sizdirgan so‘zlar

26.07.2018   3719   5 min.
Qalbni yumshatib, ko‘z yoshlarni sizdirgan so‘zlar

Kecha Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) jome masjidida kar-soqovlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov, Toshkent Islom instituti siyrat fani ustozi Abdul Azim Ziyovuddin domla, Islom.uz portali xodimi Hayrulloh Habibulloh domla, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim mutaxassisi Munira Abubakirova, Toshkent shahar hokimiyati vakili Dilbar Ahmedova va Toshkent shahri otinoyilari hamda “Kar-soqov”lar jamiyati a’zosi Mohira Kubayevalar ishtirok etishdi.

O‘zligini, dinini yanada ko‘proq o‘rganishga intilgan odamlar tadbirga doimgidan-da ko‘proq tashrif buyurishdi. O‘rtada kechgan savollarga mutaxassislarning javoblari yanada qiziqarli tarzda bir-biriga ulanib ketdi.

Bu galgi uchrashuvda ular qalbini og‘ritayotgan dolzarb muammo – yaqinlarining missionerlar tuzog‘iga tushib qolganligi va bu yo‘ldan ularni qanday qaytarish chora-tadbirlari haqida savol berishdi.

Darhaqiqat, ular bu yo‘lga o‘z-o‘zidan kirib qolganlari yo‘q. Ular doimiy ravishda moliyaviy tomondan ko‘mak olib, taom va sovg‘alar evaziga to‘g‘ri yo‘ldan ozishgan.

Savollarga Habibulloh domla va TII siyrat fani ustozi Abdul Azim Ziyovuddin domla javob berdilar.

Abdul Azim Ziyovuddin domla: “Ularga avvalo Islom asosi bo‘lgan Qur’oni karim va Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) siyratlarini o‘qib chiqishni hamda g‘arblik olimlarning Islom dini haqidagi xolis fikrlari bilan ham tanishishni tavsiya etish kerak.

Yaqinlaringizni missionerlar yaxshi so‘z va hadyalar berib o‘z tuzog‘iga ilintirgan ekan, sizlarning do‘q-po‘pisa, qo‘polliklaringiz bilan ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlab bo‘lmaydi. Avvalo har qanday sharoitda og‘ir-bosiqlik, o‘ta vazminlik bilan muomalada bo‘lish talab etiladi. Zero, Alloh taolo o‘z kitobida quyidagicha buyuradi: (Ey, Muhammad!) Rabbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat eting! Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning o‘zi Uning yo‘lidan chalg‘igan kimsalarni yaxshi biluvchi va hidoyat topganlarni ham U biluvchiroqdir” (Nahl surasi, 125-oyat).

Yuqoridagi javoblarga qo‘shimcha tarzda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim mutaxassisi Munira Abubakirova bunday dedilar: “Ular sizu bizda Islomning go‘zal odobini ko‘rishi kerak. Sizga yoqmagan gap-so‘zlariga hissiyotlarga berilmasdan muomalada bo‘lish ijobiy natijalarni olib keladi. Bu yo‘ldan ularni yaxshi so‘z bilangina qaytarish mumkin”.

Zalda ishtirok etayotganlar orasidan o‘rta yoshli yigit o‘z so‘zlarini imo-ishora ila bayon etar ekan, surdo tarjimoni Oydinning izohidan keyin ko‘plab otinoyilar qatori mening ham ko‘zimdan yoshlar beixtiyor sizib chiqdi: “Mening eng yaqin do‘stlarim missionerlar aldoviga uchib o‘z dinidan kechdi. Ularni qaytarishga qancha urinmay, baribir natija bo‘lmadi. Ishoninglar ular uchun qattiq qayg‘udaman. Dinimizni yaxshi bilmasdan turib, voz kechishdi. Barcha urinishlarim zoye ketgandan so‘ng tinmay duo qila boshladim: “Ey, Rabbim! O‘zing ularga to‘g‘ri, haq yo‘lingni ko‘rsat, hidoyatga boshla!” deb kechayu-kunduz duodaman. Natija yomonmas, ular meni nihoyat eshitadigan bo‘lishdi”, dedi kuyunchalik bilan.   

Va yana shunday savollar o‘rtaga tashlandi: “Ayol musulmon, er esa boshqa dinni qabul qilgan bo‘lsa, ularning topgani, yashashi halolmi-harom?”.

Bu kabi savollarga Musulmonlar idorasining fatvo bo‘limidan maslahat olish tavsiya etildi.

Aholining imkoniyati cheklangan ehtiyojmand qatlami bo‘lgan nogironlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov ularning dardini tingladi va muammolarini ijobiy hal etishga va’da berdi. Hamda kasalmand, dori-darmonga muhtojlarga ham ko‘mak berish uchun ular haqidagi ma’lumotlarni nazardan chetda qoldirmay behad samimiy suhbat olib bordi. Tashqaridan qaraganda eng ko‘ngilni shod etadigan holat, Shuhrat akaning: “Tortinmay, behijolat muammolaringizni aytaveringlar, biz shuning uchun shu yerda yig‘ilib turibmiz, nima kamchilik va yetishmovchiliklar bo‘lsa, eshitamiz va ijobiy hal etamiz” deb o‘zlari ularning qalbidagi aytolmagan so‘zlarini aytishga kuch berdi. To‘g‘ri-da, tilimiz so‘zlashga qodir bo‘lsa-da, muammolarimizni aytishga istihola qiladigan xalqmiz. U yerda o‘tirganlarning hammasi gapirmasangizda yuz ifodangizdan sizning fikringizni o‘qib oladi. Ularga faqat va faqat shirinso‘z, samimiy chehra kerak.

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya mana shu tarzda hayotda o‘z ifodasini topmoqda.  Yig‘ilishga tashrif buyurgan davlat idora xodimlari ham yuqoridagi g‘oyani amalga oshirishga bel bog‘laganlar.

Kar-soqov insonlar – har gal jonbozlik ko‘rsatib, ushbu tadbirlarni tashkillashtirgan rahbarlardan, xolisona-samimiy savol-javoblardan nihoyatda ko‘ngillari yorishib o‘z dillarida duolar qilishdi.

Imkoniyati cheklangan nogironlar bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarga qatnashgan odam, xalq dardini tinglagan rahbar va mutaxassislarning sa’y-harakatlari, chinakam fidoyiliklarining guvohi bo‘ladi. Bu kabi rahbarlar odil siyosat egasi, adolatli Yurtboshimiz izdoshchilari hamda yordamchilaridir.

Nilufar BOZORBOY qizi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   15200   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi