Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Mart, 2025   |   12 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:38
Asr
16:40
Shom
18:29
Xufton
19:42
Bismillah
12 Mart, 2025, 12 Ramazon, 1446

Oqibat

23.07.2018   5368   2 min.
Oqibat

Bir insonga ko‘p izzat-hurmat va boylik be­rildi. U o‘z jigarlari va yaqinlariga qo‘ldan kelganicha yordam berardi. Ayniqsa, kenja ukasiga ko‘p yordam qildi. Chunki aka otaning pandiga qu­loq solib, qiyinchiliklar evaziga ko‘zla­gan maq­sa­diga erishayotgandi. U oqibat nimaligini yaxshi bilardi. Hech vaqt ota-onasi­ning so‘zini ikki qilmasdi. Ammo uka akasiga hasad qilar, zim­dan akasining savdosiga ko‘z olay­tirib, do‘kon­dagi mollaridan o‘marardi. Bo­rib-borib ukaning sirlari ochildi. Aka ota-onaga shikoyat qildi. Ular ukaga qattiq tanbeh berib, ko‘p nasihatlar qildi. Uka bu ishni qaytarmas­likka va’da berib, akadan ming bor uzr so‘radi. Ammo akaga nisbatan ha­sadi tinchlik bermasdi. Yana xiyonat yo‘liga o‘tdi. Aka-uka o‘rtasida nizo chiqdi, o‘rtada oqibat o‘ldi. Yomon nafs g‘olib bo‘ldi, shayton xursandchi­likdan nog‘ora chaldi. Bunga qo‘shimcha uka uyalmasdan akasiga:

– Men senga hasad qilaman, nima uchun sen omadlisan? Nimaga senga beriladi-yu, menga esa yo‘q?! – dedi yuzsizlarcha sensirab.

– Chunki senda insof yo‘q! Sabr-qanoat, shukr va oqibat yo‘q! Sening qalbingni hasad ke­miradi. Ota-onamizning aytganlarini qilib, sadoqat bilan ishlaganingda qo‘limdan kelgan hamma yordamni qilmoqchi edim. Afsuski, sen xiyo­nat yo‘lini tanlading, nafsingga qul bo‘lib, o‘z jigaringga xiyonat qilishdan ham qo‘rqma­ding! Sen birovning musibatidan shodlanma, o‘zga­ning omadiga kuyma, har qanday yaxshilik va yomonlik o‘zingga qaytib xorlikka uchratganda qo‘l­dan bergan baxt-omadingni ortga qaytarol­may­san, shuni unutma! – dedi aka. Akaning ko‘ngil oyi­na­si sindi, ikki jigar o‘rtasidan oqibat ketdi. Oqi­bat o‘ldi, ko‘ngil sindi, singan ko‘n­gil­ni nima che­galay oladi?

Ulug‘larimiz demishkim: “Birovning husni-jamoli va boyligini ko‘rsang, hasad qilma va darhol o‘zgalarga nazar sol. Bu dunyoda sendan ko‘ra xunukroq va kambag‘alroqlar ham bor-ku”. Husnu jamol Parvardigorning san’atidir. U kimni xohlasa go‘zal qiladi. Mol-dunyo, martaba va mansab ham imtihon uchun beriladi. Shunday ekan, ey azizim! Aslo hasad bilan boylik va ulug‘likka erishaman deb xato qilmang!

Odam farzandiga boqibon hayhot,

Qilgan amallarin ko‘rib, dersan dod.

Ba’zilar azada uradi xandon,

To‘yu tomoshada qiladi faryod.

 

 “Qasamini buzgan qiz”  kitobidan olindi

 

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

7-ju'z: Moida 82-oyatidan An'om 110-oyatigacha

11.03.2025   999   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

“U (Qur’on) mo‘minlar uchun (ilohiy) eslatma hamdir” (A’rof surasi, 2-oyat).

Jahongir qori Ro‘ziyev
Toshkent Islom instituti prorektori.