Farzand – inson naslini davom ettiradi hamda oilaning mustahkam zanjiri. Solih farzand ota-onaning baxt-iqboli, ikki dunë saodatiga yetkazuvchi dilbandi. Farzandlar "jannat raĭhonlari" deb tavsiflanishi bejiz emas. Ammo u odobli, yaxshi fazilatlar sohibi, itoatkor va qobil bŭlgandagina ota-onasiga rahmat va baxt-xursandchilik keltiradi.
Muqaddas dinimiz ta’limotiga ko‘ra, farzand Alloh taolo insonga bergan ulug‘ ne’matlardan bŭlishi barobarida, u omonat hamdir. Bu ne’matga sazovor bŭlgan ota-onalar uning qadriga yetishlari, shukrlar aĭtib, farzand oldidagi ota-onalik burchlarini puxta ado etishlari, ya’ni, unga chiroĭli ism qŭĭishlari, yaxshi ta’lim-tarbiya berishlari va oxir-oqibatda Alloh roziligini topadigan, millati, Vatani, ota-onasiga munosib ŭg‘il-qiz, tengdoshlari hurmati va muhabbatini qozongan yetuk bir inson bŭlishi borasidagi mas’uliyatli vazifalarini chin ixlos va sadoqat bilan ado etishlari lozim.
Alloh taolo marhamat qiladi: "Eĭ imon keltirganlar! Ŭzlaringizni va oila a’zolaringizni yëqilg‘isi odamlar va toshlar bŭlmish, dag‘al va qattiqqŭl, Alloh buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaĭdigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar xizmat qiladigan dŭzaxdan saqlangiz" (Tahrim, 6)
Paĭg‘ambarimiz sollallohu alaĭhi vasallam marhamat qilib aĭtadilar: "Kishining ŭz farzandini chiroĭli odob-axloq bilan tarbiyalashi kŭp miqdordagi nafl sadaqa berishidan yaxshiroqdir".
Boshqa bir hadisda: "Ota bolaga gŭzal odobdan yaxshiroq narsani bera olmaĭdi", deĭiladi.
Abu Ali ibn Sino farzand tarbiyasi haqida vasiyat qilib, bundaĭ degan edi: «Yësh bola ta’lim-tarbiya oladigan joĭda odob-axloqli, turish-turmushi namunali kattalar bŭlishi lozim. Zero, yësh bola har bir narsani ularga taqlid qilib ŭrganadi va ular bilan dŭst bŭladi".
Muhtaram Prezidentimiz nutqlaridan birida farzandlar tarbiyasi va ularning barkamol avlod bŭlib yetishishida odob-axloqning ŭrni katta ekanini ta’kidlab, jumladan, bundaĭ deganlar: “Yëshlarimizga bugunning ŭzida alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Ular nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yëshlar – bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir. Ya’ni ertangi kun kutganimizdek bŭlishi uchun bugunning ŭzida yëshlar tarbiyasiga jiddiĭ e’tibor qaratishimiz zarur”.
Farzandning odobli, mehnatsevar, sog‘lom bŭlib ŭsishi kŭp jihatdan onasiga bog‘liq bŭladi. Shuning uchun dinimiz kŭrsatmalarida bŭlg‘usi kelinni tanlashga alohida e’tibor qilinadi. Kelajakda tug‘ilajak farzandlarga munosib ona tanlash haqida farzand hali tug‘ilmasidan qaĭg‘uriladi. Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: “Farzandlaringizga munosib onani ixtiyër qilinglar”, deganlar. Musulmonlarda kelin tanlashda uning soliha, dindor, yaxshi xulqli bŭlishi asosiĭ mezon sanaladi.
Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: "Ayël tŭrt narsasi: moli, hasabi, jamoli va dini uchun nikohlanadi. Bas, sen dindorini tanla, omon bŭlgur", deganlar.
Albatta, Paĭg‘ambarimizning ushbu tavsiyalarida ulkan haqiqat mavjud. Zero, moldorlik, yaxshi bir nasabga ega bŭlish va husndorlik insonni hovliqtiradi, boshqalardan ŭzini ustun qŭĭishga olib boradi. Bundan tashqari, ushbu jihatlarning ba’zilari ŭtkinchi bŭlib, ularga nisbatan qiziqish vaqt ŭtishi bilan susayadi. Dindorlik esa, insonni insoniĭlikka undovchi omil bŭlishi bilan birga, doimiĭ ajralmas sifatdir.
Shuning uchun ham bir hadisda: "Kim xotinning molu jamoli uchun uĭlansa, uning molu jamolidan mahrum bŭladi va kim ayëlning dini uchun uĭlansa, Alloh taolo u kishiga uning molu jamolini ham nasib qiladi", deĭilgan.
Olimlarning tadqiqotlariga kŭra, ŭz onasi tarbiyasini olgan, uning g‘amxŭrligi, shafqatini har qadamda his etib turgan bolalar ŭzlarini butunlaĭ jamoat ishiga baxshida qilib, sog‘lom, aqlli, tarbiyali va kŭngilchan bŭlib ulg‘ayar ekan. AQSHda ŭtkazilgan tadqiqotlarda, qamalganlarning yarmidan kŭpi ona mehriga tŭĭmagan yëshlar ekani ma’lum bŭlgan. Darhaqiqat, farzand tarbiyasi borasida oilada onaning ŭrni alohida ahamiyat kasb etadi. Farzandga mehr degan ulug‘ tuĭg‘uni hech kim onadan ortiqroq bera olmaĭdi.
Afsus, ba’zan onalar uchun bola tarbiyasi jamiyat va rŭzg‘or yumushlari oldida e’tiborsiz narsa bŭlib qolmoqda. Ayëllarga har qancha huquq berilmasin, ular qanchalik yuksak maqomlarga erishmasinlar, agar bolalariga yaxshi tarbiya bermasalar, ularga ŭzini, millatini, dinini, Vatanini tanitmasalar va sevdirmasalar, onalik haqini ado etmagan bŭladi.
Zero, Islom olimlaridan biri aĭtganidek: "Avlodlarni voyaga yetkazish va munosib inson qilib tarbiyalash maqsad qilib olinmagan nikoh shunchaki bir aĭsh-ishrat va maishatdan bŭlak narsa emas. Bu nikohdan tug‘ilgan bolalar ham ŭtkinchi hirsning qurboni bŭlgan bechoralardir".
Muhammad ibn Muhammad Jomiĭ aĭtadi: "Har bir ota-onaning farzand oldida burchi bor. Chunonchi, har bir ota ŭz farzandi nomusli ayëldan tug‘ilishiga harakat qilsin, toki tug‘ilganidan keĭin odamlar farzandga turli ta’nalar qilib yurmasin. Bolaga yaxshi va chiroĭli ism qŭĭsin. Unga ilmu ma’rifat ŭrgatsin. Ota-ona farzandini hamisha halol ovqat bilan boqsin. Harom ĭŭlda topilgan taom bolaga yëmon ta’sir kŭrsatadi va uni haromxŭrlikka ŭrgatadi. Buning uchun ota-onaning ŭzi, avvalo, halol ovqat yeĭishi kerak. Shundagina pushtidan bŭlgan bola halol va pokiza bŭlib tug‘iladi. Ona homiladorlik paĭtida harom va noravo ovqatlardan, noshar’iĭ ishlardan tiĭilishi kerak".
Ota-ona tarbiyasining ahamiyati haqida janob Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallamdan ushbu hadisi sharif vorid bŭlgan: "Har bir farzand musulmon fitratida tug‘iladi, lekin uni yahudiĭga aĭlantirib yuboradigan ham, nasroniĭ yëki majusiĭga aĭlantirib yuboradigan ham uning ota-onasidir".
Farzandlarimizga shundaĭ tarbiya beraĭlikki, ular ŭz ota-bobolariga, ŭz tarixi, Vatani, ona tiliga, millat ulug‘lariga, muqaddas Islom dini an’analariga sodiq bŭlib qolsin. Kitoblardan ŭrganilgan ma’rifiĭ ilm qatorida oilada olingan hayët ilmi ham ularga suv va havodek zarur. Ilmli, odobli, farosatli odam hayëtda ŭrnini topib oladi.
Olimjon KARIMOV,
Peshku tumani “Xoja Peshku” masjidi imom-xatibi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan imom-xatiblar, mudarrislar, oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun “Moturidiylik” jurnalining maxsus sonini nashr qilish rejalashtirilmoqda.
Maxsus sonni tayyorlashdan maqsad – diniy soha xodimlarining islomshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash.
“Moturidiylik” respublikaning islomshunoslik sohasidagi yetakchi ilmiy nashrlaridan biri bo‘lib, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy tadqiqotlarning asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan.
“Moturidiylik” jurnalida chop etilgan maqolalar respublika miqyosida mustaqil ilmiy tadqiqot sifatida tan olinadi va ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilarga qo‘yilgan maqola talablarini bajarishda to‘liq e’tirof etiladi.
Maqola talablari
Maqolalar Word hujjati sifatida taqdim etiladi (.doc yoki .docx formatida)
Maqolaning maksimal uzunligi 7-10 sahifadan oshmasligi kerak (barcha raqamlar, jadvallar, rasmlar, izohlar, iqtiboslar va havolalar bilan birga)
Matn 14 kattalikdagi Times New Roman shriftida, 1,5 intervalda yoziladi
Taqdim etiladigan maqola quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
Sarlavha, sarlavhadan keyin muallif(lar)ning ism(lar)i qo‘yiladi.
Annotatsiya 70–100 ta so‘zdan iborat
Kalit so‘z 5–8 ta
Kirish
Asosiy qism
Muhokama
Natijalar
Xulosa
Adabiyotlar/Iqtibos keltirilgan asarlar ro‘yxati
Maqolaga qo‘yilgan talablar borasida ushbu havola orqali batafsil bilib olishingiz mumkin!
Ushbu havola orqali maqolangizni yuboring!
+998712443521
info@maturidijournal.org
www.maturidijournal.org