Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Bola – aziz, odobi – undan aziz

14.07.2018   14009   6 min.
Bola – aziz, odobi – undan aziz

Farzand – inson naslini davom ettiradi hamda oilaning mustahkam zanjiri. Solih farzand ota-­onaning baxt-­iqboli, ikki dunë saodatiga yetkazuvchi dilbandi. Farzandlar "jannat raĭhonlari" deb tavsiflanishi bejiz emas. Ammo u odobli, yaxshi fazilatlar sohibi, itoatkor va qobil bŭlgandagina ota-onasiga rahmat va baxt­-xursandchilik keltiradi.

Muqaddas dinimiz ta’limotiga ko‘ra, farzand Alloh taolo in­songa bergan ulug‘ ne’matlardan bŭlishi barobarida, u omonat hamdir. Bu ne’matga sazovor bŭlgan ota­-onalar uning qadriga yetishlari, shukrlar aĭtib, farzand oldidagi ota-onalik burchlarini puxta ado etishlari, ya’ni, unga chiroĭli ism qŭĭishlari, yaxshi ta’lim­-tarbiya berishlari va oxir-­oqibatda Alloh roziligini topadigan, millati, Vatani, ota-onasiga munosib ŭg‘il-qiz, tengdoshlari hurmati va muhabbatini qozongan yetuk bir inson bŭlishi borasidagi mas’uliyatli vazifalarini chin ixlos va sadoqat bilan ado etishlari lozim.

Alloh taolo marhamat qiladi: "Eĭ imon keltirganlar! Ŭzlaringizni va oila a’zolaringizni yëqilg‘isi odamlar va toshlar bŭlmish, dag‘al va qattiqqŭl, Alloh buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaĭdigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar xizmat qiladigan dŭzaxdan saqlangiz" (Tahrim, 6)

Paĭg‘ambarimiz sollallohu alaĭhi vasallam marhamat qilib aĭtadilar: "Kishining ŭz farzandini chiroĭli odob-axloq bilan tarbiyalashi kŭp miqdordagi nafl sadaqa berishidan yaxshiroqdir".

Boshqa bir hadisda: "Ota bolaga gŭzal odobdan yaxshiroq narsani bera olmaĭdi", deĭiladi.

Abu Ali ibn Sino farzand tarbiyasi haqida vasiyat qilib, bundaĭ degan edi: «Yësh bola ta’lim-tarbiya oladigan joĭda odob-axloqli, turish­-turmushi namunali kattalar bŭlishi lozim. Zero, yësh bola har bir narsani ularga taqlid qilib ŭrganadi va ular bilan dŭst bŭladi".

Muhtaram Prezidentimiz nutqlaridan birida farzandlar tarbiyasi va ularning barkamol avlod bŭlib yetishishida odob-­axloqning ŭrni katta ekanini ta’kidlab, jumladan, bundaĭ deganlar: “Yëshlarimizga bugunning ŭzida alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Ular nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yëshlar – bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir. Ya’ni ertangi kun kutganimizdek bŭlishi uchun bugunning ŭzida yëshlar tarbiyasiga jiddiĭ e’tibor qaratishimiz zarur”.

Farzandning odobli, mehnatsevar, sog‘lom bŭlib ŭsishi kŭp jihatdan onasiga bog‘liq bŭladi. Shuning uchun dinimiz kŭrsatmalarida bŭlg‘usi kelinni tanlashga alohida e’tibor qilinadi. Kelajakda tug‘ilajak farzandlarga munosib ona tanlash haqida farzand hali tug‘ilmasidan qaĭg‘uriladi. Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: “Farzandlaringizga munosib onani ixtiyër qilinglar”, deganlar. Musulmonlarda kelin tanlashda uning soliha, dindor, yaxshi xulqli bŭlishi asosiĭ mezon sanaladi.

Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: "Ayël tŭrt narsasi: moli, hasabi, jamoli va dini uchun nikohlanadi. Bas, sen dindorini tanla, omon bŭlgur", deganlar.

Albatta, Paĭg‘ambarimizning ushbu tavsiyalarida ulkan haqiqat mavjud. Zero, moldorlik, yaxshi bir nasabga ega bŭlish va husndorlik insonni hovliqtiradi, boshqalardan ŭzini ustun qŭĭishga olib boradi. Bundan tashqari, ushbu jihatlarning ba’zilari ŭtkinchi bŭlib, ularga nisbatan qiziqish vaqt ŭtishi bilan susayadi. Dindorlik esa, insonni insoniĭlikka undovchi omil bŭlishi bilan birga, doimiĭ ajralmas sifatdir.

Shuning uchun ham bir hadisda: "Kim xotinning molu jamoli uchun uĭlansa, uning molu jamolidan mahrum bŭladi va kim ayëlning dini uchun uĭlansa, Alloh taolo u kishiga uning molu jamolini ham nasib qiladi", deĭilgan.

Olimlarning tadqiqotlariga kŭra, ŭz onasi tarbiyasini olgan, uning g‘amxŭrligi, shafqatini har qadamda his etib turgan bolalar ŭzlarini butunlaĭ jamoat ishiga baxshida qilib, sog‘lom, aqlli, tarbiyali va kŭngilchan bŭlib ulg‘ayar ekan. AQSHda ŭtkazilgan tadqiqotlarda, qamalganlarning yarmidan kŭpi ona mehriga tŭĭmagan yëshlar ekani ma’lum bŭlgan. Darhaqiqat, farzand tarbiyasi borasida oilada onaning ŭrni alohida ahamiyat kasb etadi. Farzandga mehr degan ulug‘ tuĭg‘uni hech kim onadan ortiqroq bera olmaĭdi.

Afsus, ba’zan onalar uchun bola tarbiyasi jamiyat va rŭzg‘or yumushlari oldida e’tiborsiz narsa bŭlib qolmoqda. Ayëllarga har qancha huquq berilmasin, ular qanchalik yuksak maqomlarga erishmasinlar, agar bolalariga yaxshi tarbiya bermasalar, ularga ŭzini, milla­tini, dinini, Vatanini tanitmasalar va sevdirmasa­lar, onalik haqini ado etmagan bŭladi.

Zero, Islom olimlaridan biri aĭtganidek: "Avlodlarni voyaga yetkazish va munosib inson qilib tarbiyalash maqsad qilib olinmagan nikoh shunchaki bir aĭsh-ishrat va maishatdan bŭlak narsa emas. Bu nikohdan tug‘ilgan bolalar ham ŭtkinchi hirsning qurboni bŭlgan bechoralardir".

Muhammad ibn Muhammad Jomiĭ aĭtadi: "Har bir ota-onaning farzand oldida burchi bor. Chunonchi, har bir ota ŭz farzandi nomusli ayëldan tug‘ilishiga harakat qilsin, toki tug‘ilganidan keĭin odamlar farzandga turli ta’nalar qilib yurmasin. Bolaga yaxshi va chiroĭli ism qŭĭsin. Unga ilmu ma’rifat ŭrgatsin. Ota-ona farzandini hamisha halol ovqat bilan boqsin. Harom ĭŭlda topilgan taom bolaga yëmon ta’sir kŭrsatadi va uni haromxŭrlikka ŭrgatadi. Buning uchun ota-onaning ŭzi, avvalo, halol ovqat yeĭishi kerak. Shundagina pushtidan bŭlgan bola halol va pokiza bŭlib tug‘iladi. Ona homiladorlik paĭtida harom va noravo ovqatlardan, noshar’iĭ ishlardan tiĭilishi kerak".

Ota-­ona tarbiyasining ahamiyati haqida janob Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallamdan ushbu hadisi sharif vorid bŭlgan: "Har bir farzand musulmon fitratida tug‘iladi, lekin uni yahudiĭga aĭlantirib yuboradigan ham, nasroniĭ yëki majusiĭga aĭlantirib yuboradigan ham uning ota-­onasidir".

   Farzandlarimizga shundaĭ tarbiya beraĭlikki, ular ŭz ota-bobolariga, ŭz tarixi, Vatani, ona tiliga, millat ulug‘lariga, muqaddas Islom dini an’analariga sodiq bŭlib qolsin. Kitoblardan ŭrganilgan ma’rifiĭ ilm qatorida oilada olingan hayët ilmi ham ularga suv va havodek zarur. Ilmli, odobli, farosatli odam hayëtda ŭrnini topib oladi.

 

Olimjon KARIMOV,

Peshku tumani “Xoja Peshku” masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Katta jamoaga ergashish

30.06.2025   4494   3 min.
Katta jamoaga ergashish

“Mazhab” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “yo‘l”, “yo‘nalish” ma’nolarini bildiradi. Shar’iy istilohda esa, “biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvo chiqarish yo‘lidir”. Sahoba va tobe’inlar davrida mazhablar ko‘p bo‘lgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular orasida to‘rt yirik: hanafiy, molikiy, shofeiy, hanbaliy mazhablari rivoj topgan. Mazkur to‘rt mazhab vujudga kelishining asosiy omili –  bular qolgan mazhablarning ta’limotini ham tadqiq qilib, qamrab olganidir.

Bu haqda alloma Ibn Rajab  o‘zining “To‘rt mazhabdan boshqaga ergashganga raddiya” asarida quyidagi so‘zni aytganlar: “Ko‘plab mazhablar orasidan aynan to‘rt mazhab saqlanib qolishi xuddi Qur’oni karimning yetti qiroatidan faqat bittasi qolganiga o‘xshaydi. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamga Qur’oni karim yetti xil lahjada nozil bo‘lgan. Keyinchalik islom dini atrofga keng yoyilib, musulmonlarning soni ortib bordi va qiroat borasida ular o‘rtasida ba’zi ixtiloflar kelib chiqqach, Usmon ibn Affon raziyallohu anhu mus'hafni yetti qiroatdan faqat bittasining lahjasida yozdirishga qaror qildi. Oqibatda bugun yer yuzi musulmonlari Qur’onni faqat bitta mus'hafdan ya’ni, Usmon mus'hafida yozilgan xatidan o‘qiydigan bo‘ldi. Demak, ko‘plab mazhablar orasidan faqat to‘rttasining saqlanib qolgani asrlar davomida insonlarni turli ziddiyatlar va ixtiloflardan himoya etishda asos bo‘lgan”.

Mazkur to‘rt mazhabning to‘g‘riligi va haq ekanligi haqida barcha musulmon ummati ijmo, ittifoq qilganlar. 

Alloma Ibn Rajab rahmatullohi alayh yana shunday deydi: “Alloh taolo shariatni saqlash va dinni muhofaza qilish uchun o‘z hikmati bilan odamlar ichidan to‘rt zabardast imomlarni chiqarib berdi. Ularning ilmu ma’rifatda bir martabaga erishganlarini va chiqargan fatvo va hukmlarini haqiqatga o‘ta yaqinligini barcha ulamolar bir ovozdan e’tirof qilganlar. Barcha hukmlar o‘shalar orqali chiqariladigan bo‘ldi. Bu narsa mo‘min bandalar uchun Alloh taoloning lutfu karami va marhamati bo‘ldi”.

Ulamolarimiz fiqhiy mazhablar imomlarini va ularning ishlarini quyidagi misol bilan tushuntiradilar: “Allohning roziligiga erishib, jannatiy bo‘lish xuddi tog‘ning cho‘qqisiga chiqishdek bo‘lsa, mazhab imomlari – Qur’on, hadis va shularga asoslangan manbalardan foydalanib, cho‘qqiga chiqishning eng oson va bexatar yo‘lini topib, belgi qo‘yib, osonlashtirib qo‘ygan kishilardir. Cho‘qqiga chiquvchilar mazkur buyuk to‘rt imom ko‘rsatgan yo‘ldan birini tutsalar osongina, qiynalmasdan maqsadiga erishadi”.

Imom Badruddin Zarkashiy “Bahrul muhit” kitobida shunday yozadi: “Musulmonlarning e’tirof qilingan to‘rt mazhabi haqdir va undan boshqasiga amal qilish joiz emas”.

Imom Ali ibn Abdulloh Samhudiy o‘zlarining “Iqdul farid fi ahkomit-taqlid” nomli asarlarida shunday deganlar: “Bilingki, ushbu to‘rt mazhabdan birini ushlashda katta foyda bor. Undan yuz o‘girishda esa, katta muammo va ixtiloflar bor. Bir mazhabda yurishdagi foydalardan biri – sahoba va tobe’inlarning shariat ilmini o‘rganishdagi odatlariga ergashishdir. Chunki, tobe’inlar shariat ishida bir-birlariga yoki sahobalarga ergashar edi, sahobalar esa, bir-birlariga yoki Rasulullohga ergashganlar”.

U zot yana shunday deganlar: “Bir mazhabda yurishdagi foydalardan yana biri – Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat qilgan quyidagi hadisga amal qilish bor: ya’ni: “Agar ixtilofni ko‘rsangiz, o‘zingizga ko‘pchilik tomonini lozim tuting” (Imom Ibn Moja rivoyati).

To‘g‘ri mazhablardan faqat mana shu to‘rttasi qolgan ekan, ularga ergashish katta jamoaga ergashish hisoblanadi.

Shamsuddin Xapizov,

Namangan tumani "Halil hoji" jome masjidi imom-xatibi

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA