Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Sentabr, 2025   |   12 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:31
Quyosh
05:52
Peshin
12:27
Asr
16:58
Shom
18:55
Xufton
20:10
Bismillah
04 Sentabr, 2025, 12 Rabi`ul avval, 1447

Tashqi mehnat migratsiya masalalari agentligining xorijdagi vakolatxonalari ochilishi kutilmoqda

14.07.2018   8342   1 min.
Tashqi mehnat migratsiya masalalari agentligining xorijdagi vakolatxonalari ochilishi kutilmoqda

Shu yilning oxirigacha Koreya Respublikasining Gvangchju, Rossiya Federatsiyasidagi Moskva hamda Sankt-Peterburg shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligining vakolatxonalari ochiladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri agentlik boshlig‘i Ravshan Ibragimov so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.

 

«Keyingi yillarda esa ushbu tarmoqlar soni 8 tagacha yetkaziladi», deb qo‘shimcha qilgan agentlik boshlig‘i.

13 iyul kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida agentlik tomonidan taklif etilayotgan imkoniyatlar haqida ham so‘z bordi.

Xususan, kam ta’minlangan fuqarolarga tashkil qilingan maxsus jamg‘arma hisobidan imtiyozli stipendiyalar ajratilishi yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PQ-3584-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Agentlik filiallari huzurida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ishga chiqayotgan fuqarolarga temir yo‘l va aviachiptalarni 20 foizlik chegirma asosida sotishga ixtisoslashtirilgan maxsus kassalar (har bir viloyatda bittadan, butun respublika bo‘ylab jami 14 ta) tashkil etildi.

Anjumanda ma’lum qilinishicha, shu kungacha  qariyb 12,5 mingta fuqaroga Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borishlariga yordam berildi.

«2018 yilning 6 oyi mobaynida Janubiy Koreyaga 1243, Rossiya Federatsiyasiga 513, Turkiyaga 241, Polshaga dastlabki 5 nafar fuqarolar ishga yuborildi», deyiladi rasmiy bayonotda.

manba: Kun.uz

Boshqa maqolalar

"Ey nafsim, qancha, yana qancha uxlaysan?!"

27.08.2025   11552   3 min.

Abu Aliy Ro‘zboriyning qizlari Aziza ummu Ayman munojotlarida bunday der ekan: “Qanday qilib huzuringdagi narsaga ishqiboz bo‘lma­yin, axir qaytar joyim Sen-ku! Qanday qilib Senga muhabbat qilmayin, axir nimaiki yaxshilik bo‘lsa, Sen tarafdan keladi-ku! Qanday qilib Senga oshiqmay, O‘zing shavqimni oshirgan bo‘lsang!”.
 

Boshqa bir ayol Allohga iltijosida bunday der ekan: “Allohim, Podshohim! Sen taraf otlanmaganning yo‘li na qadar tor-a! Sen bilan suhbatdosh bo‘lmaganning holi qandayin qo‘rqinchli-a!”.

Burda rahmatullohi alayh tun zimistonida: “Odamlarning ko‘zlari tindi, chuqur uyquga ketdi. Hamma oshiq o‘z ma’shuqi birla yolg‘iz qoldi. Men ham Sen bilan birga xilvat ichraman, Habibim! Sening muhabbating qalbimda bo‘lar ekan, meni azoblarmiding?!” – der ekan.

Naqish binti Solimning munojotlari: “Ey tunda ibo­dat qiluvchilarning Habibi! Berish qashshoq qilib qo‘ymaydigan Zot! Sermuruvvat Zot! Sening visolingga yetishishimga bo‘lgan ishonchimni orttir! Ziyofating meni jahannamdan qutqarish bo‘lsin! O‘z roziliging birla ko‘zlarimni quvonchga to‘ldir!”.

Mansur ibn Ammor aytadi: “Men bir seribodat kishining tunda Robbiga iltijo qilib, bunday deyayotganini eshitdim: “Izzating va buyukliging haqqi, men ma’siyatim orqali Senga qarshi chiqishni xohlamaganman. Sening g‘azabingga duch bo‘lmoqchi emas edim. Lekin nima qilay, nafsim shu gunohlarni ziynatlab ko‘rsatdi. Gunohlarimni parda ortida tutganing meni aldab qo‘ydi va natijada gunohga qo‘l urdim, bu nodonligimdandir. Ana endi azobingdan meni kim ham qutqara olardi, agar Sen o‘z arqoningni mendan uzsang, kimning arqonidan tutaman?! Vooh, erta qarshingda turishga xijolatman, qanday qilib huzuringda turaman?!”.

Robiya Adaviya tunning barcha qismida namoz o‘qir edi. Tong vaqti kirgach namoz o‘qigan joyidayoq ozgina mizg‘ib olar va kun chiqib ketib qolardi, keyin: “Ey nafsim, qancha, yana qancha uxlaysan?! Kimning qarshisida turasan?! Sen bu ketishda uyqudan qiyomat qoim bo‘lganida uyg‘onadiganga o‘xshaysan”, der edi.

Ajarva ismli soliha bir ayol sahar paytigacha tuni bilan namoz o‘qib chiqardi. Sahar paytida xomush bir ovozda: “Sen tunda ibodat qilish bobida obidlardan o‘zib ketishing kerak. Ular Allohning rahmati va fazlida sendan o‘zayaptilar. Robbim! Sendan so‘rayman boshqadan emaski. Sen tarafga chopuvchilar ichida eng oldingi saflarda qilishingni so‘rayman. Meni O‘zingga yaqin bandalaring darajasiga ko‘tarishingni so‘rayman. Solihlarga ergashtirishingni so‘rayman. Seningdek saxiy Zot yo‘q. Sen kabi rahm qiluvchi yo‘q!” der va sajdaga yiqilar edi. Sajdada yana Allohga iltijo qilar, yig‘lar edi va shu zaylda tong otardi. U o‘ttiz yil mobaynida shunday munojot qildi”.


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.